“Ey payg‘ambar, juftlaringizga,
qizlaringizga va mo‘minlarning ayollariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini
o‘rasinlar! Mana shu ularning (cho‘ri emas, balki ozod ayollar ekanliklari)
tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin (vositadir). Alloh mag‘firatli va
mehribon bo‘lgan zotdir».
(Ahzob surasi, 59-oyat).
Turli millatlarga mansub mo‘minalarning urf-odatlari ham farqli bo‘lishi tabiiydir. Bizning
diyorimizda azaldan to‘quvchilik sanoati rivojlangan bo‘lib, duxoba, adras, xonatlas,
shoyi kabi gazlamalar xalqning ehtiyojini qondirib kelgan, shu gazlamalardan liboslar
tikib kiyishgan. Chetdan keltirilgan matolarni xalq sotib olishga qurbi yetmagan, shu
milliy liboslarni ayollar avrat chegaralaridan chiqmagan holda kiyishgan. Hozirda esa
zamonaviy liboslar, chet el urflari bo‘yicha bichib-tikilgan kiyimlar ko‘payib ketdi,
ayollarimiz urf deb milliy va diniy e’tiqodimiz chegarasidan chiqib ketyaptilar. Albatta,
moddiylikka bo‘lgan nafs har bandada bor. Islom bunga qarshi chiqmaydi. Ayollar
xonatlas va boshqa turli gazlamalardan ko‘ylaklar va zamonaviy chet el liboslarini ham
kiyishlari mumkin, faqat ular avrat joylarini berkitsa, yupqa bo‘lib badanini bilintirmasa,
nihoyatda tor bo‘lmasa, rang jixatidan kishilarni o‘ziga jalb qilmasa, buning hech bir
zarari yoki atrofdagilarni behuzur qiladigan joyi yo‘q. Avrat chegaralari haqida quyiroqda
ma’lumot beramiz.
O‘ranishga doir ilohiy amrlarni ko‘rib chiqsak:
“Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar.
Va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! hamda ko‘rinib turadigan boshqa
ziynatlarini ko‘rsatmasinlar* va ro‘mollarini ko‘kraklari uzra tushirib
olsinlar!...”
(Nur surasi, 31-oyat).
“O‘z uylaringizda qaror topinglar, (ko‘chaga chiqqanlaringizda esa) ilgari
jaholiyat (davri) yasanishidek yasanmangizlar...”
(Ahzob surasi, 33-oyat).
Bu oyati karimalarga ko‘ra balog‘atga yetgan musulmon ayolning o‘ranishi farzdir. Buni
inkor etgan mutlaq kofir bo‘ladi. Bir kun o‘ranarman degan ayol gunohkor bo‘ladi, lekin
kofir bo‘lmaydi.
Avvalo shuni yaxshilab tushunib olish kerakki, Islomda o‘ranish faqat foydasi uchun
emas, eng avval Allohning amri bo‘lgani va uning rizosini qozonish uchun farz qilingan.
O‘ranishning faqatgina, yolg‘iz foyda ma’nosini dinimiz ma’qullamaydi. O‘ranishdan
murod Alloh roziligi bo‘lmog‘i kerak. Aslida insonning yashashidan va barcha
ibodatlaridan murod ham Rizoi Boriydir, ya’ni, Alloh rizoligidir. Namoz, ro‘za, zakot ham
turli foydalar uchun ado etilmaydi, agar ibodatlar Alloh rizosidan tashqari maqsadlarni
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Do'stlaringiz bilan baham: |