Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Mahrning vujub zamoni (vojib bo'ladigan vaqti)



Download 295,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/82
Sana04.06.2022
Hajmi295,77 Kb.
#637320
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82
Bog'liq
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Mahrning vujub zamoni (vojib bo'ladigan vaqti)
Taraflar orasida nikoh ahd etilishi bilan ayol darhol mahrga haq qozongan bo'lmaydi. 
Buning uchun quyidagi uch holatdan biri sodir bo'lgan bo'lishi kerak: 
1. Duxul. Ya'ni, oralarida jimo' bo'lishi kerak. Chunki, Alloh taolo marhamat qilmoqda: 
"Agar bir xotinni (qo'yib), o'rniga boshqa xotinni almashtirmoqchi 
bo'lsangizlar, avvalgisiga garchi uyum-uyum molni (mahr qilib) bergan 
bo'lsangiz ham, undan biron narsani qaytarib olmangiz! Uni bo'hton va ochiq 
gunoh bilan olasizmi? Axir bir-biringiz bilan qovushib, u (xotin)lar sizlardan 
qat'iy ahd olganlaridan so'ng qanday qilib u (mahrni) qaytarib olasizlar?!" 
(Niso 
surasi, 20-21-oyatlar). 
2. Duxuldan avval (duxulgacha) erining o'lishi. Bu xususda Alqama bir hadisni naql 
etadi: "Ibn Mas'udga bir jamoat kelib: "Oramizdan bir erkak uylandi, xotini bilan ma'lum 
bir miqdor atrofida shartlashmagandi, hali zifofga kirmasdan (duxul voqe' bo'lmasdan) 
o'ldi", dedilar. Abdulloh ibn Mas'ud: "Rasululloh vafotlaridan beri bunday qiyin masalaga 
duch kelmagandim, borib boshqalardan so'rang", dedilar. Jamoat bir oy u-bu deb yurdi. 
Tag'in ibn Mas'udga murojaat qildilar: "Siz ashobning ilg'ori, sizdan boshqa kimdan 
so'raymiz, boshqalarni topolmayapmiz", deyishdi. Ibn Mas'ud marhamat qildilar: "Sizga 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
47
o'z qarashimni aytmoqchiman. Agar to'g'ri bo'lsa, sherigi va naziri yo'q Allohdandir. Agar 
xato bo'lsa shaytondandir. Alloh va Rasuli undan uzoqdirlar. Mening fikrim shunday: 
Ayolga to'liq mahr va meros beriladi. Bunga muvofiq ayol to'rt oy, o'n kun idda kutadi". 
Ibn Mas'ud bu fatvoni tirband xaloyiq oldida berdi. Oralaridan bir necha kishi turib: 
"Guvohlik beramizki, siz aynan Rasululloh (s.a.v.) bergan qarorni berdingiz. Bizdan Birvo 
bint Voshiqning qizi boshidan shunday hodisa o'tdi. Rasululloh (s.a.v.) ayni hukmni 
berdilar", deyishdi.
Xilvat: Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Sa’bon shunday dedilar: Rasululloh (s.a.v.) 
marhamat qildilar: “Bir kishi ayolning yuzidagi yopinchiqni ochib boqsa, mahr vojib 
bo‘ladi; xoh duxul bo‘lsin, xoh bo‘lmasin”. 
Hazrati Umar (r.a.) ham shunday derdilar: “Bir kishi zifof kechasi eshikni bekitib
pardalarni tushirsa yoxud ayol pecha (yuz parda)sini ochsa, mahr vojib bo‘ladi”. 
Boshqa ko‘pgina rivoyatlarda ham ushbu holatda ayol idda saqlab, meros ham oladi, 
degan fikr bor. 
Sulaymon ibn Yasor shunday dedilar: “Horis ibn al-Hakam bir ayolga uylandi. Oqshom 
tushgach, eshikni berkitdi, so‘ngra tashqari chiqib, ajrashdi va “Men unga tegmadim”, 
dedi. Ayol “Menga tegdi”, dedi. Marvonga bordilar. Marvon Zayd ibn Sobitni chaqirdi, 
“Ne deysan, horis ishonchli bir odam”, dedi. Zayd: “Ayol homilador bo‘lsa, toshbo‘ron 
qilasanmi?”, deb so‘radi. U: “Yo‘q”, deb javob berdi. “U holda ayolni tasdiqlash 
majburiyatidamiz”, dedi Zayd. 
Barcha rivoyatlarda ko‘rilgandek, xilvat voqe’ bo‘lishi bilan mahr vojib bo‘ladi. Yolg‘iz 
imom Shofe’iy mahr lozim bo‘lishi uchun xilvat yetarli emas, deganlar va duxul ya’ni, 
jimo’ni shart qilganlar. Xilvat bilan faqat mahrning yarmi lozim bo‘lishini aytganlar va 
shu oyatni dalil qilib keltirganlar: 

Download 295,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish