Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
bo‘lur. Uzrli ayol har farz namozning vaqti uchun tahorat oladi va o‘sha tahorat bilan
o‘sha vaqtda farz va nafl namozlaridan xohlagancha o‘qiydi, Hanafiylarga ko‘ra, uzrlining
tahoratini vaqtning chiqishi buzadi.
Uzrli ayol har namoz uchun g‘usl qilishi shartmi?
Har namoz uchun g‘usl qilish katta mashaqqat
keltirishi bilan birga, kundalik ishlarga
ham xalal beradi. Islom har sohada, har ishda tozalikka ahamiyat berish bilan birga,
qulaylik va osonlikni ham saqlaydi.
Hanafiylarga ko‘ra
uzrli ayol pok ayol hukmidadir, ya’ni, namozini o‘kiydi, ro‘zasini
tutadi, Qur’on o‘qiydi, jinsiy munosabatda bo‘la oladi. Faqat har namoz uchun bir tahorat
oladi, g‘usl qilishning hojati yo‘q.
Uzr qoni davom etarkan, hayz boshlansa va o‘zi buni ajrata olsa, namozni tark etadi.
Ramazon bo‘lsa, o‘sha muddat ichida ro‘za tutmaydi va jimo’ qilmaydi. Muddat o‘tishi
bilan bir marta g‘usl qiladi va so‘ngra tahorat olib, ibodatida davom etadi. Uzrli ayol
tahorat olmasdan avval, tanosil a’zosini yaxshilab yuvadi va toza bo‘z bilan yaxshilab
artadi.
Uzrli ayolda uch xil holat bo‘lishi mumkin:
1.
Hayz muddati, istihoza bo‘lmasdan avval aniqlanadi. Istihoza holi boshlangan bo‘lsa
ham hayz (odat) muddatini ajratib aniqlab olgan ma’qul. Ayol o‘zi ajratolmasa albatta
shifokorga murojaat qilishi kerak. Umuman, istihoza holati bo‘lganda ayol bunga loqayd
qaramasligi kerak, darhol shifokorga borishi kerak.
2. Bordi-yu qon to‘xtamay davomli oqsa shu sabab ayolning hayz muddati aniq
bo‘lmasa, bu holatda hayz ko‘rish muddati 6 yoki 7 kun sanaladi. Chunki, ko‘pchilik
ayollarning odati shunday. Bu taqdirda ayol qoni to‘xtashi bilan yo 24
kecha-kunduz yoki
23 kecha-kunduzli namozini o‘qiydi.
3. Ayolning hayz muddati ma’lum emas, ya’ni turli vaqtlarda bo‘lsa va odat qoni bilan
boshqa qonlarni ajratadigan vaziyatda ayol qonini farqlashi (ajratishi)ga ko‘ra hukm
etadi. To‘q qirmiz, qoraga moyil oqqan qon hayzdir, davom etishi bilan namoz o‘qimaydi,
ro‘za tutmaydi. Rangi o‘zgarishi bilan uzr qoni boshlanganiga hukm etadi. Va yuvinib-
cho‘milib namozini boshlaydi.
Yangi hayz ko‘rgan haqida: hayzning eng ko‘p muddati (10 kun)dan ziyod ko‘ringan qon
istihozadir.
Odati bo‘lgan ayol haqida: odatidan ziyod kelgan qon bilan (10
kundan ziyod kelgan
qon), nifosda 40 kundan ziyod kelgan qon istihozadir. Ayolning odati aniq belgilangan
bo‘lsa, odatiga havola etiladi. Ya’ni, odat muddatidan ziyod kelgan qon xastalik qoni
bo‘ladi.
Hayz tugashi bilan darhol kelgan qon hayz emas, uzrdir. Ya’ni,
ikki hayz ketma-ket
kelmaydi. Nifos ham shunday.
Bir ayol hayz va nifos uchun belgilangan so‘nggi muddatdan ziyod qon ko‘rsa bu istihoza
qoni hisoblanadi. Bir ayol hayzning eng oz muddatidan ozroq bir muddat qon ko‘rgan
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Do'stlaringiz bilan baham: