www.ziyouz.com kutubxonasi
25
331.
Tarki dunyo qilish – qalbni va badanni tinchlantiradi. Unga
41
rag’bat va muhabbat qo’yish esa
g’am-tashvishni ko’paytiradi. Ishsizlik insonni toshbag’ir qiladi.
332.
O’lib ketganlarni haqorat qiluvchi odam halokatga yaqindir.
333.
Mo’min kishini haqorat qiluvchi odamning o’zi halokatga uchraydi.
334.
Safar qilinglar, sog’lom bo’lasizlar.
335.
Safar qilinglar, sog’lom va rizqu nasibali bo’lasizlar.
336.
Odamlarga suv ulashuvchi kishi hammadan keyin ichadi.
337.
Mo’min kishini haqoratlash gunoh, uni o’ldirish kufr va uning moli bilan qonining haromligi
barobardir.
338.
Tez yurish mo’minning chiroyini ketkazadi.
339.
Tangridan afv va ofiyat (xotirjamlik) so’ranglar. Chunki hech birlaringiz imondan keyin
ofiyatdek ne’matni topa olmaysizlar.
340.
Tangridan foydali ilmni so’ranglar. Foydasizidan esa chetlashinglar.
341.
Yirtqich hayvonlarning go’shti haromdir.
342.
Beva xotinlarga va miskin-bechoralarga yordam beruvchi kishi go’yo Tangri yo’lida jihod
qiluvchi yoki kechalari ibodat qiluvchi, kunduzlari ro’za tutuvchilar bialn barobardir.
343.
Saxiylik – bamisoli jannatning daraxtlaridan biridir. Uning shoxlari dunyoga osilib tushib turadi.
Kimki o’sha shoxlardan birini tutib olsa, u jannatga boshlab boradi. Baxillik esa do’zax daraxtidir.
Uning shoxlari dunyoga chiqib turadi. Kimki shu shoxlardan birini ushlasa, uni do’zaxga boshlab
boradi.
344.
Ey Tangrining bandalari, og’ir va yuvosh bo’linglar.
345.
Og’irlik va yuvoshlik insonning yutug’idir. Uni tark etishlik esa ziyonkorlikdir.
346.
Podshoh bamisoli Tangrining yerdagi soyasidir. Kimki uni izzat-ikrom qilsa, Tangrini izzat-ikrom
qilgan bo’ladi. Agar kimki uni xorlasa, go’yo Tangrini xorlagan bo’ladi.
347.
“Salom” – Tangrining yerdagi ismlaridan biridir. Bir-birlaringiz bilan salomlashib yuringlar.
Zero, mo’min kishi odamlar oldidan o’tib borayotib ularga salom bersa, ular ham alik olishsa, ularga
salomni eslatgani uchun bir daraja ko’p savobga erishadi. Mabodo alik olishmasa, unga bari bir,
ulardan yaxshiroq va afzalroq zotlar, ya’ni farishtalar alik olishadi.
348.
Yolg’on guvohlik beruvchining oyoqlari yerdan qo’zg’almay turib, Tangri unga do’zaxni ravo
qilib qo’yadi.
349.
Odamlarning yomoni – ular ichidagi ulamolarning yomonidir.
350.
Taomlarning yomoni – qorni ochlarni qoldirib, qorni to’qlarina chaqirilgan to’y ziyofatidir.
41
Dunyoga.
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |