Uzatmalar qutisi nosozliklarining belgilarivaularnibartarafetishusullari.Uzatmalar qutisining detallari katta yuklanishlarda tinimsiz ishqalanib ishlashi natijasida ularning yeyilishiga olib keladi. Shuning uchun uzatmalar qutisining ishqalanuvchi yuzalarini o‘z vaqtida belgilangan tartibda o‘zining surkov moylari bilan moylab turish zarur.
Uzatmalar qutisi nosozliklarining kelib chiqishi sabablarini o‘rganib chiqadigan bo‘lsak, uzatmalardan-uzatmaga o‘tishda qotib qolishi ya’ni bir uzatmadan ikkinchi uzatmaga ravon o‘tmasligi hamda yetakchi valdan kelayotgan burovchi moment kuchini yetaklanuvchi valga to‘liq yetkaza olmasligi va shunga o‘xshash qator kamchiliklarni misol qilsa bo‘ladi.
Uzatmalar qutisida paydo bo‘lgan qator nosozliklarni bartaraf etish uchun ishdan chiqqan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan shesternyalarni, prujinalarni va boshqa ehtiyot qismlarini qayta ta’mirlash yoki almashtirish maqsadga muvofiq.
Uzatmalar qutisining barcha detal va qismlarini o‘z vaqtida belgilangan tartibda tegishli surkov moylari bilan moylab tursak uning detal va qismlarining uzoq vaqt ishlashini ta’minlaymiz.
Ilashish muftasi nosozliklari belgilari va ularnibartaraf etishusullari. Ilashish muftasi pedalining erkin yo‘lini rostlash ishqalanuvchi yuzalarining yeyilishi bois kerak bo‘ladi. Yeyilish natijasida podshipnik va richaglar orasidagi tirqish, jumladan, ilashish muftasi pedalining erkin yurishi ham kamayadi. Agar tirqish yo‘qolsa va richaglar mufta podshipnikiga tegib qolsa, u holda disklarni siquvchi kuch va ilashish muftasi vositasida uzatilayotgan moment kamayadi, chunki ilashish muftasi to‘liq qo‘shilmaydi. Bunday ilashish muftasining yetaklanuvchi diski yetakchilarga nisbatan ishqalanadi. Ilashish muftasi ishqalanganda avtomobilni ko‘p muddat ishlatish yetaklanuvchi disklarning friksion qoplamalarini tez fursatda yeyilishiga, ularni kuchli issiqlik natijasida qirilishiga, ilashish muftasini ajratish muftasining podshipnigini erta yeyilishiga olib keladi. Tirqish va pedalning erkin yurishi juda ham kattalashib ketsa, ilashish muftasi to‘liq ajralmaydi.
Ilashish muftasi pedalining erkin yurishi gidroyuritmada mufta podshipnigi va richaglar orasidagi tirqish, bosh silindr porsheni va porshen shtoki orasidagi «a» tirqish hamda kompensatsion teshik B ning diametriga qarab aniqlanadi. Birinchi tirqishni shtokning erkin yurishiga qarab tekshiriladi va uning uzunligini o‘zgartirish bilan rostlanadi. Bu tirqish pedal erkin yurishining katta qismini belgilaydi. Ilashish muftasi pedalining erkin yurishining kam qismini shtokni uzunligini o‘zgartirish bilan rostlanadigan bosh silindr porsheni va shtoki orasidagi tirqish "a" belgilaydi.
GAZ-3102 avtomobilning ilashish muftasi yuritmasidagi vilkani shtokga siquvchi prujina shtokni vilkaga siquvchi va bajaruvchi silindrda o‘rnatilgan prujina bilan almashtirilgan.Shuning uchun GAZ 3102 ilashish muftasida mufta podshipnigi va tayanch halqa orasida tirqish yo‘q. Ilashish muftasining bunday yuritmasidan foydalanganda rostlash- ning hojati yo‘q va shtok 8 rostlovchi gaykalarga ega emas.