Kardanli uzatmaning vazifasi o‘qlari bir chiziqda yotmagan va o‘zaro joylashuvi o‘zgarib turadigan vallar orasida burovchi momentni uzatib berishdan iborat.
Kardanli uzatma quyidagilardan tashkil topgan:
elastik mufta
shlitsali birikma
oldingi kardanli val
tayanch podshipnik
oldingi kardan sharniri
orqa kardan val
orqa kardan sharniri
Kardanli uzatma o‘klari bir-biriga to‘g‘ri yotmagan va o‘z holatini o‘zgartira oladigan vallar yordamida burovchi momentni kuch uzat- maning bir agregatidan boshqa agregatiga uzatib beradi. Avtomobilning kuch uzatmasiga o‘rnatilgan kardanli uzatma dvigateldan olinadigan burovchi momentni uzatmalar qutisi orqali bitta yetakchi ko‘prikka tarqatish qutisi yordamida bir nechta ko‘prikka uzatib berishi lozim.
Avtomobil notekis yo‘llarda yurganida yetakchi ko‘prik ramaga nisbatan tik tekislikda tebranib, uzatish burchagi o‘zgarib turadi. Shu sababli burovchi momentning uzatmalar kutisidan (yoki taqsimlash kutisidan) yetakchi ko‘prikga o‘zgaruvchan burchak ostida uzatishda kardanli uzatmadan foydalaniladi. Kardan sharnirlar o‘qlari bir-biriga nisbatan to‘g‘ri yotmagan vallardan burovchi momentni o‘zaro uzatish uchun xizmat kiladi. Tepish va buralma tebranishlar xavfini kamaytirish uchun aksari zamonaviy avtomobillarda kardanli, sharnirli hamda ikkita val shuningdek, oraliq tayanchdan tashkil topgan kardanli uzatmadan foydalaniladi. Bunda uzatmaning uzayib qisqarishini ta’minlaydigan shlitsali birikma mavjud.
49-rasm. Burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnir.
Avtomobillarda qo‘llaniladigan kardanli sharnirlar ikki xil bo‘ladi:
burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnirlar (49-rasm),
burchak tezliklari bir xil kardanli sharnirlar (50-rasm).
Burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnirlar o‘z navbatida kayishqoq (elastik) va bikr (krestovinali) bo‘lishi mumkin.
Kardanli uzatma kardanli sharnirlaridan, vallardan va vallarning oraliq tayanchlaridan tashkil topgan. Kardan sharniri deb, sharnirli bo‘g‘inga aytilib, uning yordamida aylanma harakatni (burovchi momentni) bir valdan ikkinchi valga o‘zgaruvchan burchak ostida uzatadi. Ko‘pchilik hollarda bikr kardanlar ishlatiladi. Bikr kardanli sharnirlar mahkamlangan va vilkalardan ularni biriktiruvchi krestovina- lardan va ninasimon podshipniklardan tashkil topgan. Vilkalar bir-biriga nisbatan perpendikular bo‘lgan tekisliqsa qo‘zg‘alishi mumkin.
50-rasm. Burchak tezliklari bir xil bo‘lgan kardanli sharnir.
Kardan sharnirlari aylanayotganida kardan valining og‘ishi, yetakla- nuvchi vilkaning krestovinada og‘ishi hisobiga sodir bo‘ladi, 90° gradus- ga burilganida esa, yetakchi vilkada krestovinani og‘ishi sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |