Plastinalar muddatidan avval yemirilishi va qayishib ketishi. To‘la zaradlanib bo‘lgan akkumulatorni yana uzoq vaqt davomida zaradlash toki ostida qoldirish, plastinalarni muddatidan avval yemirilishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, o‘ta zaradlash vaqtida tok, asosan, suvning elektroliz bo‘lishiga, ya’ni vodorod bilan kislorodga parchalanishiga sarf bo‘ladi. Elektroliz natijasida ajralib chiqayotgan kislorod, musbat plastinalarning qo‘rg‘oshin panjaralarini oksidlab, uni sekin-asta PbO2 ga aylantiradi va yemirilishga olib keladi.
Plastinalarining yemirilishi yana quyidagi hollarda sodir bo‘lishi mumkin:
zaradlash jarayonining oxirida tok qiymatining katta bo‘lishi va elektrolit qattiq "qaynab" ketishi, faol massaning mayda g‘ovaklaridan otilib chiqayotgan havo pufakchalari tezligining ortishi va natijada, plastinadagi faol massaning yumshashi va ushalib tushib ketishi;
elektrolit temperaturasini me’yoridan oshib ketishi, elektrolit tarkibida azot, xlorid va sirka kislotalarining bo‘lishi yoki kimyoviy toza bo‘lmagan sulfat kislota ishlatilishi-musbat plastinalarning panjaralarini korroziyaga chalinishi;
elektrolit tarkibidagi suvning muzlab qolishi;
akkumulator avtomobilda yaxshi mahkamlanmaganligi.
Akkumulator batareyasini zaruratsiz ketma-ket va katta tok bilan razrad qilinganda, masalan startyor ulanganda, plastinalar qizib, qayishib ketishi mumkin. Ayniqsa bunday hodisa ko‘prok musbat qutbli plastinalarda uchraydi. Plastinalar qayishishi natijasida separatorlarni teshib o‘tib, o‘zaro qisqa tutashishi mumkin. Bundan tashqari, plastinalar qayishishi, ularni qoplab turgan faol massada darzlar hosil bo‘lishiga va keyinchalik plastina panjarasidan tushib ketishiga olib keladi.
7-bob. AVTOMOBIL KUZOVI
Avtomobilning energiya manbai dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqaruv mexanizmi o‘z vazifasini bajara olishi uchun biror qismga mahkamlanishi kerak. Bundan tashqari, avtomobilda yuk va yo'lovchilarni ham joylashtirish zarur. Yuk avtomobillarida haydovchiga ayrim joy ajratilgani uchun kabina ham kerak.
Ko'tarib turuvchi qism avtomobilga zarur hamma agregat, mexanizm, uzellarni joylashtirish uchun kerak.
Ko'tarib turuvchi qismga asosan rama mansub bo'lib, ramasiz konstruksiyalarda esa kuzov hisoblanadi.
Kuzov jihozlari va uning tuzilishi
Avtomobilda shunday qism ham bo'lishi zarurki, u yukni, yo'lovchilarni (yengil avtomobil va avtobuslarda) joylashtirish hamda ularni tashqi atrof-muhit ta'siridan saqlab turishi uchun xizmat qiladi.
Kuzovlarning vazifasi bo'yicha yuk uchun (yog'och yoki temir platforma), yo'lovchilar uchun, yuk uchun va maxsus turlari bo'ladi.
Yo'lovchilar uchun mo'ljallangan kuzovlar umumiy vazifani bajaruvchi (yengil avtomobil va avtobuslar kuzoviga) hamda maxsuslariga (laboratoriya, ta'mirlashga mo'ljallangan, yong'indan xavfli) bo'linadi.
84-rasm. Yuklamani to'la qabul qiluvchi yengil avtomobil kuzovi.
1-oldingi bamper; 2-dvigatel kapoti; 3-haydovchi vayo'lovchi o‘rindiqlari; 4-yuk
xonasining qopqog‘i; 5-eshiklar; 6-qanotlar; 7-ketingi bamper.
Sinchsiz kuzovlar bir butun bo'lib, yetarlicha bikr bo'lishi uchun ayrim qismlarining ko'ndalang kesimi jim-jimador bo'ladi (yengil avtomobil kuzovlari).
Zamonaviy yengil avtomobillarda yuklamani to'la qabul qiluvchi va yo'lovchilarni joylashtirishga mo'ljallangan kuzovlar ishlatiladi (84-rasm).
Kuzov bir butun po'latdan shtampalab qilingan qobig' bo'lib, unga kapot, yuk xonasining qopqog'i, eshiklar, qanotlar, radiator pardasi, oldingi va ketingi bamperlar iboratdir. Kuzovning qobig'i bir bugun payvand qilingan qismlardan iborat bo'lib, ikkita old qanotlar, orqa qanot bilan bir qilib ishlangan ikkita yon tomon, kuzov tomi, payvand qilib biriktirilgan (84-rasm).
Kuzovning ikki tomonida ikkitadan ochiq joylar bo'lib, ularga eshik- lar sharnir yordamida mahkamlangan. Eshiklar shtampalab tayyorlangan tashqi va ichki panellardan iborat bo'lib, payvand bilan biriktirilgan. Eshiklar oynasi toblangan shishadan yasalgan. Old va orqa oynalar uch qavatli bo'lib, sinib ketganda o‘z ko'rinishini yo'qotmaydi va xavfsiz hisoblanadi.
Kapot kuzovning old qismini berkitib turadi, u kuzovga ikkita ilgak bilan biriktirilgan. Kapot uni yopiq holatda ushlab turuvchi qulfga ega. Qulf kuzov ichidan ochiluvchi ilgakga ega.
Kuzov yukxonasi oldingi g'ildiraklari yetakchi va klassik komponovkali avtomobillarda ketinda joylashgan. Unda yo'lov- chilarning yuki, zahira g'ildirak va haydovchi asboblari saqlanadi. U qo'shaloq ilgak yordamida kuzovga mahkamlangan bo'lib, old qismida ichidan qulf o'rnatilgan.
Kuzov ichida bir yoki ikki qator o'rindiqlar o'rnatilgan, haydovchi va yo'lovchi o'rindig'i qulaylik uchun bo'ylama yo'nalishda va suyanchig'i og'ib, rostlanadigan qilib yasalgan.
85-rasm. NEXIA avtomobilini buyash.
Tiko avtomobilining kuzovi yuklamani to'la qabul kiluvchi, ikki katta bo'laqsan iborat, beshta eshikli bo'lib, po'latdan shtampalab yasalib payvanddab yig'ilgan. Kuzovning old qismiga ikkita bo'ylama lonjeronli va ko'ndalang joylashgan ikkita to'siqdan iborat payvandlab yasalgan qurilma biriktirilgan bo'lib, unga dvigatel va transmissiya agregatlari mahkamlanadi.
Neksiya avtomobilining kuzovi yuklamani to'la qabul qiluvchi turiga mansub bo'lib, to'rt eshikli, po'latdan shtampalab yasalgan qismlarni nuqtali payvandlash usulida yig'ilgan. Oldi qismida ikkitadan lonjeron va to'sindan iborat qurilma bo'lib, unga dvigatel, transmissiya agregatlari biriktirilgan.
Damas avtomobilining kuzovi shtampalab tayyorlangan qismlarni payvandlab yig'ilgan bo'lib, u zinapoyasimon ramaga mahkamlangan. Avtomobilning transmissiya agregatlari ramaga mahkamlangan bo'lib, kuzov yo'lovchilarni joylashtirish uchun xizmat qiladi.
Kuzovni zavod tomonidan buyosh usuli 85-rasmda ko'rsatilgan.
Avtomobillarni ekspluatatsiya davrida kuzovda
uchraydigan asosiy nosozliklar
Do'stlaringiz bilan baham: |