Sovitish suyuqligi. Sovitish suyuqligi sifatida asosan suv ishlatiladi, chunki u issiqlikni o‘ziga tez oladi va o‘zidan tez tarqatadi, arzon va etarli miqdorda. Lekin sovitish tizimida qaynagan suvning quyqasi (nakip) cho‘kib, suv g‘ilofi devorlarida tuz qatlami hosil qiladi. Buning natijasida silindrlar blokining issiqlik o‘tkazish qobiliyati sustlashadi, suv g‘iloflarining devorlari zanglaydi. Qish faslida tizimdan to‘kilmagan suv muzlab, silindrlar blokini yorib yuborishi mumkin.
Shuning uchun sovituvchi suyuqlik sifatida, yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklardan holi bo‘lish uchun antifriz suyuqligidan keng foydalanilmoqda. Antifrizning ikki xili ishlab chiqariladi: tarkibi 47% suv va 53% etilen glikol bo‘lgan antifriz M-40 (muzlash harorati - 400S). 34% suv va 66% etilen glikoldan tashkil topgan; antifriz M-65; (muzlash harorati 650S). Antifriz inson organizmi uchun zaharli hisoblanadi. Uning issiqlik sig‘imi suvnikiga nisbatan kam. Shuning uchun sovituvchi suyuqlik sifatida antifriz qo‘llanilganda tizimning issiqlik tarqatish qobiliyati suv bilan sovitilgandagiga nisbatan past bo‘ladi, natijada silindrlar devorining harorati 15...200S ga ortiqroq qiziydi. Antifriz qiziganda suvga nisbatan birmuncha ko‘proq kengayadi. Tizimda suyuqlik sifatida suv ishlatilganda yomg‘ir yoki oqar suvlaridan foydalanish tavsiya etiladi, chunki bu suvlar yumshoq xususiyatiga ega. Sovituvchi suyuqlik sifatida quduq, buloq yoki dengiz suvlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bunday suvlarni yumshatish uchun 30... 40 daqiqa qaynatiladi va tizimga quyishdan avval besh-olti qavat dokadan o‘tkazib filtrlanadi.
25-rasm. Radiator va jalyuz:
1 va 9 birlashtiruvchi shlanglar; 2-jo‘mrak; 3 va 6 - pastki va yuqorigi bakchalar; 7-radiator qopqoqi; 8-radiator bo‘izi; 10-radiator o‘zagi; 11-yo‘naltiruvchi kojux.
Radiator blokda qizigan suyuqlikning issiqligini tashqi muhitga tarqatish uchun xizmat qiladi (25-rasm). U yuqorigi 6 va pastki 3 bakchalar, radiator o‘zagi 10 va radiator qopqoqidan 7 iborat. Suyuqlik radiatorga yuqorigi bakchaning bo‘g‘izidan 8 quyiladi. Bo‘g‘iz qopqoq 7 bilan zich berkitilgan. Radiator o‘zaklarining turlari naycha-plastinkali yoki naycha-lentali bo‘lishi mumkin. Naycha-plastinkali bo‘lganda, naychalari gorizontal joylashtirilgan qator yupqa plastinkalar orasidan o‘tkazilib, uchlari yuqoriga 6 va pastki 3 bakchalarga kavsharlanadi. Naycha-lentali bo‘lganda naychalari oralig‘iga, sovitish yuzasini oshirish maqsadida to‘lqinsimon shaklda ishlangan lentalar joylashtiriladi. Radiator o‘zagining ikkala turida ham qo‘llaniladigan naychalar asosan yassi oval kesimli bo‘ladi. Naychalar, radiator o‘zagida vertikal yoki gorizontal o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik avtomobillarda vertikal o‘rnatilgan bo‘lsa ayrim yengil avtomobillarda (Matiz va Neksiya avtomobillari) naychalari gorizontal joylashtirilgan (25-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |