Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


O‘zDEUavto avtomobillarining



Download 2,9 Mb.
bet33/77
Sana11.07.2022
Hajmi2,9 Mb.
#774298
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77
Bog'liq
Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc

O‘zDEUavto avtomobillarining o‘t oldirish tizimlari. O‘zDEUavto qo‘shma korxonasining Tiko, Damas rusumli avtomobillarida ham kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimi qo‘llangan (41-rasm) bo‘lib, unda magnitli-elektr datchik o‘rnatilgan. Taqsimlagich valiga o‘rnatilgan datchik rotori 10 aylanganda, induktiv qabul qilish chulg‘ami 8 da EYUK hosil bo‘ladi va u tranzistor kommutatori 9 ga uzatiladi. Tiko va Damas avtomobillarining o‘t oldirish tizimida po‘lat o‘zakli, magnito‘tkazgichga ega bo‘lgan yopiq turdagi o‘t oldirish g‘altaklari ishlatilgan.
O‘t oldirish tizimi quyidagicha ishlaydi (10-rasm). Dvigatel ishga tushib, magnitli-elektr datchik rotori aylana boshlaganda qabul qilish g‘altagida o‘zgaruvchan tok induksiyalanadi, uning «+» qismi ta’sirida tranzistor VT da baza toki vujudga keladi va u ochilib, o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan tok o‘ta boshlaydi. Keyingi daqiqada qabul g‘altagida induksiyalangan o‘zgaruvchi tokning «-» qismi ta’sirida tranzistor VT yopiladi va birlamchi tok zanjirini uzadi. Natijada, o‘t oldirish g‘altagida hosil bo‘lgan magnit maydon katta tezlik bilan yo‘qola boshlaydi va o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi chulg‘amida yuqori kuchlanish induksiyalanadi.



    1. rasm. Tiko, Damas rusumidagi avtomobillari o‘t oldirish tizimining ishlashi.

Tiko, Damas avtomobillarida o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi dvigatelni aylanishlar chastotasi va yuklamaga ko‘ra avtomatik tarzda rostlash markazdan qochma hamda vakuum rostlagichlar yordamida amalga oshiriladi. Bu mexanizmlarni tuzilishi va ishlash tartiboti yuqoridagi bo‘limlarda batafsil yoritilgan.


    1. Avtomobillardan foydalanish davrida dvigatelda uchraydigan asosiy nosozliklar


Ekspluatatsiya jarayonida detallarning tabiiy yeyilishi, to‘satdan ishdan chiqishi va ish qobiliyatini yo‘qotishi natijasida silindr porshen guruhi (SPG), krivoship shatun mexanizmi (KSHM) va gaz taqsimlash mexanizmi (GTM), boshqa birikma va agregatlarda turli nosozliklar paydo bo‘ladi.
KSHM ning asosiy nosozliklariga silindrlar, porshen halqalari va ariqchalari, porshen bortmasi devori va teshiklari, shatun kallagi
vtulkalari, tirsakli val bo‘yinlari vkladishlarining yeyilishi va porshen halqalarining qurum bosib qolishi kiradi. Asosiy buzulishlar va ishdan chiqishlarga esa porshen halqalarining sinishi, silindr yuzasining yeyilishi, porshenning tiqilib qolishi, podshipniklarning erishi, silindr bloki va uning kallagida darzlar hosil bo‘lishi misol bo‘la oladi.
KSHM nosozligining alomatlariga silindrdagi kompressiyaning yo‘qolishi va shovqin bilan ishlashi, gazlarning ko‘p miqdorda karterga o‘tib ketishi va moy quyish bo‘g‘izidan quyuq tutun chiqishi misol bo‘la oladi.
GTM ning asosiy nosozliklariga turtkich va uning vtulkalari, klapan tarelkalari va o‘rindiqlari, shesternyalari, gaz taqsimlash valining tayanch bo‘yinlari va mushtchalarining yeyilishi, klapan va koromisla orasidagi tirqishning buzilishi kiradi. Ishdan chiqishlarga esa klapan prujinalari elastikligini yo‘qotishi va sinishi, gaz taqsimlash shesternyasining sinishi, klapanlarning kuyishi va boshqalar kiradi. Gaz taqsimlash mexanizmining shovqin bilan ishlashi nosozlik alomatlaridan biri hisoblanadi.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish