Radiatorblokdaqizigansuyuqlikningissiqliginitashqimuhitgatarqatishuchunxizmatqiladi (25-rasm). U yuqorigi 6 va pastki 3
37
bakchalar, radiator o‘zagi 10 va radiator qopqoqidan 7 iborat. Suyuqlik radiatorga yuqorigi bakchaning bo‘g‘izidan 8 quyiladi. Bo‘g‘iz qopqoq 7 bilan zich berkitilgan. Radiator o‘zaklarining turlari naycha-plastinkali yoki naycha-lentali bo‘lishi mumkin. Naycha-plastinkali bo‘lganda, naychalari gorizontal joylashtirilgan qator yupqa plastinkalar orasidan o‘tkazilib, uchlari yuqoriga 6 va pastki 3 bakchalarga kavsharlanadi. Naycha-lentali bo‘lganda naychalari oralig‘iga, sovitish yuzasini oshirish maqsadida to‘lqinsimon shaklda ishlangan lentalar joylashtiriladi. Radiator o‘zagining ikkala turida ham qo‘llaniladigan naychalar asosan yassi oval kesimli bo‘ladi. Naychalar, radiator o‘zagida vertikal yoki gorizontal o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik avtomobillarda vertikal o‘rnatilgan bo‘lsa ayrim yengil avtomobillarda (Matiz va Neksiya avtomobillari) naychalari gorizontal joylashtirilgan (25-rasm).
Suyuqlik nasosi. Sovitish tizimida suyuqlikning majburiy harakat-lanishi nasos yordamida amalga oshiriladi. Odatda past bosimli (40…100 kPa) markazdan qochma suyuqlik nasosi ishlatiladi. Suyuqlik nososining vali korpusga ikkita sharsimon podshipnik va yordamida o‘rnatilib, ular oralig‘ida vtulka joylashtiriladi. Podshipniklarga moy, moydon orali yuboriladi. Valning oldingi uchiga shponka yordamida gubchak o‘rnatiladi va unga ariqchali shkiv biriktiriladi. Valning keyingi uchiga gubchagi metaldan ishlangan plastmassali parrak o‘tkazilib bolt yordamida qotiriladi. Parrakning valga o‘tkazilgan joyida siquvchi solnik o‘rnatilgan bo‘lib, uning aylanadigan tekstolit shaybasi prujina yordamida korpusning silliqlangan ishchi yuzasiga tiralib turadi. Siquvchi solnik, parrak joylashgan bo‘shliqdan podshipnik o‘rnatilgan korpus bo‘shlig‘iga suyuqlikni sizib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Suv nasosi silindrlar blokining oldingi devoriga makamlangan bo‘lib, ponasimon tasma orqali tirsakli val shkividan harakatga keltiriladi. Nasos vali aylanganda suyuqlik, siyraklanish ta’sirida, parrak markaziga suriladi. Shunda, parrak kurakchalari suyuqlikni markazdan qochma kuchlar ta’sirida korpusning chetki aylana bo‘shlig‘iga yo‘naltiradi. U yerda yig‘ilib qisilgan suyuqlik past bosim bilan xaydash patrubogi orqali silindrlar blokida (yoki kallagida) joylashgan suv taqsimlagichga yo‘naltiriladi. Dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi 3000 min-1ga yetganda nasosning suyuqlikni haydashi 240l/min.ni tashkil etadi. Dvigatelning effektli sovitilishi uchun nasos yuritmasi tasmasining
38
tarangligi me’yorida rostlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun tasmaning tarangligini rostlovchi tuzilma nazarda tutiladi. Yengil avtomobil dvigatellarida parraklar ko‘pincha plastmassadan tayyorlanadi.
Zamonaviy yengil avtomobillar dvigatellarida ko‘pincha elektr ventilatorlar qo‘llanilmokda. Bunday ventilatorlar, gidromuftali ventilatorlar kabi dvigatelning sovitish tizimida eng maqbul harorat rejimini avtomatik saqlaydi. Ventilatorning avtomatik ravishda harakatga kelishi yoki harakatdan to‘xtatishi, sovituvchi suyuqlikning haroratiga bog‘liq bo‘lib, radiator bakchasiga o‘rnatilgan datchikning signali bilan boshqariladi. Neksiya avtomobili dvigatelida elektr ventilator sovituvchi suyuqlikning haroratiga qarab ikki rejimda ishlashi nazarda tutilgan. Sovituvchi suyuqlikning harorati 900S dan ortganda radiator bakchasiga o‘rnatilgan yelektr datchigining signali bo‘yicha kichik aylanishlar chastotasida avtomatik ishga tushadi. Ventilatorning katta aylanishlar chastotasiga o‘tishi sovituvchi suyuqlikning harorati 1050S dan ortganda, dvigatelning elektron bloki boshqaruvida (YEBB) o‘rnatilgan rele yordamida avtomatik ravishda bo‘ladi.