5.2. Avtomobillardan foydalanish davrida rul boshqarmasida
uchraydigan asosiy nosozliklar
Rul boshqarmasining asosiy nosozliklariga
rul mexanizmi
karterining mahkamlanishini bo‘shab ketishi, mexanizm detallarining
yeyilishi, rul chambaragi va kalonkasining bo‘shab qolishi, chervyak
jufti detallarining yedirib ketishi misol bo‘ladi. Gidrokuchaytirgichli rul
boshqarmalarida, yuqoridagi nuqsonlardan tashqari, nasos idishida
moyning me’yoridan kam yoki oshiq bo‘lishi, tizimda havo va suvning
yig‘ilishi, nasosning ishlamay qolishi, moyning sizib chiqishi, filtrning
kirlanib qolishi, nasosning himoya va o‘tkazish klapanlarining nosoz
ishlashi, nasos uzatmasi tasmasining me’yor bilan tortilmasligi va
boshqalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |