Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
200
uni Muborak tomonga qattiq itarib yubordilar. Bayramxon chirpirak bo‘lib uchib, 
Muborakka yelkasi bilan urildi. Shu payt ikki tig‘li xanjar uning ikki kuragi ostiga 
g‘archillab sanchildi... 
Qon to‘kib quturgan qotillar Bayramxonning xotini bilan bolasini ham o‘ldirmoqchi va 
bor-budini talamoqchi bo‘ldilar. Lekin Jamol boshliq turkman yigitlari Noziya bibi bilan 
Abdurahimni Patandan sog‘-salomat olib chiqib ketdilar. Bayramxonni qonga belangan 
kiyimi bilan sallasiga o‘rab Patanda shahidlardek dafn etdilar*. 
Otasidan ayrilib Agraga yig‘lab qaytgan Abdurahimni Akbar qo‘liga ko‘tarib, bag‘riga 
bosdi: 
— Mendan ham xatolik o‘tdi, otalig‘imni hajga yubormasam bo‘lardi!.. Endi otangga 
uzolmagan qarzlarimni senga uzgaymen, Abdurahimjon! 
Akbar bugungi bosh vazir Munimxonga buyurdi: 
— Maxsus farmon yozdiring: Abdurahimni men farzandlikka olurmen. Podshoh o‘g‘liga 
qanday kiyim-u taom, qancha xizmatkor-u ulufa lozim bo‘lsa hammasi tayin etilsin. 
Hali Akbarning o‘zi farzand ko‘rmagan o‘n to‘qqiz yoshli yigit bo‘lgani uchun u 
Abdurahimni farzandlikka olgani ba’zilarga erish ko‘rindi. Lekin uning eng yaqin 
ko‘kaldoshi Azizxon Abdurahimga bek atka qilib tayin etildi. Gulafshon bog‘i soqchi va 
xizmatkorlari bilan Abdurahimning ixtiyoriga berildi. Agraning eng fozil odamlari 
Abdurahimni shahzodalarday tarbiyalab parvarish qila boshladilar. 
Bayramxonga aza tutib qora kiygan uch xotinidan biri Salima begim bo‘ldi. Akbar 
otalig‘ining Agradagi uyiga fotihaga borganda ichkari hovliga kirib Salima begimdan 
ko‘ngil so‘radi. Hamida begim Salimaning oldida o‘tirgan ekan. Yosh beva yum-yum 
yig‘lab dedi: 
— U kishi o‘lguncha men o‘lsam bo‘lmasdimi? Koshki bizda ham sati* odati joiz bo‘lsa, 
men ham o‘sha olovda kuyib kul bo‘lganim yaxshi edi! 
Endi o‘n sakkiz yoshga kirgan juvonning bunchalik kuyinishi Hamida begimni taajjubga 
soldi: 
— Voy, Salimajon, sizga ne bo‘ldi? Hali gulday yoshligingiz turibdir... 
— Ochilmay so‘lgan gul endi kimga kerak, hazrat begim?! Baxtim qora bo‘lmasa shu 
kunlar boshimga tusharmidi?! 
Akbar Salimaning nega bunday deyayotganini tushunib turardi. U endi o‘zini Akbarga 
nomunosib sezib shunchalik kuyunmoqda edi. Lekin Akbarga u hali ham avvalgiday 
go‘zal ko‘rinar, uning dardini Akbar dil-dilidan sezgani sari ko‘ngli buzilib, tomog‘iga yosh 
tiqilib kelardi. 
— Salima, — deb Akbar ovozi olinib gapirdi, — men sizni o‘shanda himoya qila 
olmadim... O‘zimni haligacha gunohkor sezurmen... Vaqti kelgay, bu gunohimni albatta 
yuvgaymen.. Tuprog‘imiz bir joydan olingan, toleimiz ham bir bo‘lg‘ay!.. 
Bu gaplar Salima begimga tasalli berdi, ammo Hamida begimni o‘ylantirib qo‘ydi. 
Nahotki Akbar shu bevani olmoqchi bo‘lsa? 
Bayramxonning yigirmasi, qirqi va boshqa marosimlari o‘tgach, Salima azadorlik 
kiyimlarini yechdi. U Hasht Bihisht bog‘ida kuzgi gullar qiyg‘os ochilgan paytlarda bodom 
gulli qabo kiyib yurganini Akbar ko‘rdi-yu, onasining oldiga bordi. Tomoq qirib, iymanib 
gap boshladi: 
— Bir vaqtlar Salimani kelin qilish orzusida edingiz, onajon... 
Hamida begim afsus bilan: 
— Nasib qilmagan ekan-da, — dedi. 
Akbar hozir otasidan ham durkun va ko‘hli yigit bo‘lgan. Salima begim Bayramxonga 
uzatilgan yillari Hamida begim o‘g‘liga marhum Hindol mirzoning qizi Ruqiya begimni olib 
bergan edi. Lekin Akbar unga ko‘ngilsiz, uch yildan beri farzand ham ko‘rishmadi. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish