Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
Lekin Hamida bonuga kelganda bu doyaning epchilligi ish bermay qo‘ydi. Hamida bonu 
besh soat qiynaldi. Sababini keyin bilishsa, bola favqulodda yirik ekan. Doya esa boshqa 
yomon xayollarga borib vahimaga tushdi. Hamida bonu zo‘riqib ko‘zlari xonasidan otilib 
chiqquday bo‘lar, «yordam beringlar», deb zorlanar edi... 
Kech kirib, qorong‘i tushdi. Sokin osmonda to‘lin oy ko‘rindi. Hamida bonu esa hamon 
qiynoqda. Maslahat so‘raylik deyishsa, Humoyun yo‘q. Hamidaning onasi yordam so‘rab 
Rana Virsalning xotiniga bordi. O‘ttiz yoshlardagi bu go‘zal ayolning o‘zi ham to‘lg‘oq 
azobini boshdan kechirgan, emizikli qizchasi endi ikki oylik bo‘lgan edi. U o‘ziga doyalik 
qilgan ellik yashar chaqqon bir ayolni chaqirtirdi-yu, Hamida bonuning onasiga qo‘shib 
yubordi. 
Tashqarida iztirob chekib o‘ltirgan Xo‘ja Muazzam: 
— Musulmon podshosining farzandiga g‘ayridin doyalik qilsa gap-so‘z bo‘lg‘ay! — deb 
avval bu doyani ichkariga kirgizmadi. 
— Bularni ham xudo bizdek inson qilib yaratgan!— dedi qizning otasi Mirbobo Do‘st. — 
Hozir din-u millat ayiradigan payt emas, Hamida bilan bolaning hayoti xavf ostida. 
Shu payt ichkaridan muslima doya sarosima bo‘lib chiqdi. 
— Bo‘lmayapti, aylanay xo‘jam! Chappa kelmasin deb qo‘rqamen! 
Shundan keyin Xo‘ja Muazzam ham yon berdi-yu, hind doyasiga: 
— Marhamat, tezroq kiring! — dedi. 
Yuvinib, toza kiyinib kelgan hind ayoli Hamida bonuga o‘ng tomondan yaqinlashdi-da, 
o‘z tilida qandaydir duoni pichirlab o‘qidi. Uning ozg‘in qoramtir qo‘llarida biron sehri bor 
ekanmi, besh-olti daqiqa uringandan keyin to‘satdan chaqaloq ingasi eshitildi. 
Hamida bonuning yumuq ko‘zlari charaqlab ochildi. Nazarida, shift va devorlar lopillab 
yurib ketayotganday ko‘rindi. O‘zining tanasi esa parday yengil bo‘lib qoldi. Biroq bosh 
ko‘tarib bolaga qarashga majoli yo‘q. O‘g‘ilmi, qizmi? Doyalar shuni aytguncha o‘tgan bir 
lahza Hamida bonuga benihoya uzoq tuyuldi. Nahot qiz bo‘lsa? Shuning uchun aytgilari 
kelmayaptimi? 
— O‘g‘il! — deya xitob qildi birinchi doya. — Muborak bo‘lsin, begim! Polvon o‘g‘il 
tug‘dingiz! Nechun bu qadar qiyin bo‘ldi desam, juda do‘lvor ekan! 
— Bismillohir rahmonir rahim! — deb birinchi doya bolaning kindigini kesdi. 
Ikkinchi doya esa: 
— Kalimayiki jay!* — deb, chaqaloqning kesilgan kindigi uchini yaxshilab tugib qo‘ydi. 
Hamida bonu goh o‘g‘liga intiq Humoyunning chappor urib quvonishini ko‘z oldiga 
keltirar, goh Jamna ustida Nizomning qayig‘ida qalqib suzib borayotgan bo‘lar, uning: 
«Muslim-u hindi hammasi bir inson, faqat brahman-u mullolar ularni bir-biridan 
ayirurlar», degan so‘zlari qulog‘iga qayta eshitilib ketar edi. 
Inson hayotining eng mas’uliyatli damlarida kishilar o‘zlarining din-u millatini ham unutib 
bir-birlariga odamiylik qo‘lini cho‘zishini Hamida bonuga hozirgina doyalik qilgan ikki 
ayolning inoqligi aytib turardi. 
Hamida sal o‘ziga kelganda ayvondan to‘lin oyning nuri tushdi. Sutday oydin kechada 
naqoralar quvonch bilan taka-tum qilar, surnay navosi yangrar, Umarqut qal’asidagi 
mehmon-u mezbonlar yangi tug‘ilgan bola sharafiga xursandchilik qilishardi. 
Turdibek Humoyundan suyunchi olish uchun sahar palla otlanib, Jun daryosi tomonga 
shoshildi. Umarqutda esa ikki kun davomida Humoyunning nomidan minglab odamlarga 
osh tortildi, shirinliklar ulashildi. Uchinchi kuni Humoyundan chopar keldi. Chillali ayol va 
bola oldiga faqat Mohim bibi bilan Aminat kirib chiqishar edi. Humoyunning maktubini 
olib kirgan Mohim bibi suyunib xabar berdi: 
— Ismi Jaloliddin Akbar bo‘lsin, debdirlar! Sizga atab she’r bitibdirlar! Chopar aytib 
berdi, quvonganlaridan barcha navkarlarga mushk ulashibdirlar. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish