Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
198
— Ammo bu hokimiyat... siz aytgan ming otliq arava... Meni shoshirib qo‘ymoqda!.. Uni 
olishdan ham boshqarish mushkul ekan... 
Akbar endi yoshlikdagidek samimiy gapirgani uchun Bayramxon ham unga iliq javob 
berdi: 
— Ota-bobolaringizga umr bo‘yi azob bergan bu arava hali sizning boshingizga ham ko‘p 
kulfatlarini solsa kerak. Maslahat shulki, tizginlarni mendan tortib oldingiz, endi 
boshqalarga bermang. Mendek odamni hovliqtirgan hokimiyat Mohim enagadek ayol 
kishini yoki Adhamxondek yigitchani xato yo‘llarga olib kirib ketishi hech gap emas. 
Aravani haydaydigan odam uning ustida o‘ltirsa ham, «aravakash», ya’ni aravani tortib 
boruvchi hisoblanadur. Kecha-yu kunduz shu ming g‘ildirakli aravani o‘zingiz tortib bora-
yotgandek mehnat qilmasangiz murodga yetolmagaysiz. Hamma ishda tanaffus 
bo‘lmog‘i mumkin, ammo hokimiyat aravasi kecha-yu kunduz tinimsiz yurgay, sal 
bexabar qolsangiz manfaatparastlar uni boshqa tomonga burib ketgaylar yoki tashqi 
g‘animlar g‘aflat paytida kelib tortib olgaylar. 
Akbar Bayramxonning so‘zlarida katta bir haqiqat borligini dil-dilidan sezib, og‘ir tin oldi: 
— Bu so‘zlaringizni ham, menga qilgan barcha yaxshiliklaringizni ham unutmagaymeng, 
xonbobo. Mendan ne talabingiz bor, buyuring, bajonidil ado etay! 
Bayramxon boshini solintirib bir lahza jim qoldi. Akbarning dil yorib gapirgani unga ham 
eng yashirin dardini aytish imkonini berdi: 
— Siz yosh bo‘lsangiz ham, hozir menga sirdoshsiz. Yoshlikda bergan ko‘ngil unutilmas 
bir balo bo‘lur ekan. Keksayganimda yoshlik olovini dilimda qaytadan yondirmoqchi 
bo‘ldim. Lekin bu mumkin emas ekan... O‘zimni ham, Salima begimni ham behuda 
azoblarga qo‘yganimni keyinroq fahmladim. Noziya bibi — o‘g‘lim Abdurahimning 
onasi... Menga mehri yaxshi... Uni birga olib ketgaymen. Salima begim Agrada qolgay... 
Mening dushmanlarim naqadar ko‘pligi sizga ma’lum. Agar kunim bitsa... umidim borki, 
Salima begimni siz himoyasiz qoldirmassiz... 
Bo‘g‘iq tovush bilan vasiyatga o‘xshatib aytilgan bu so‘zlardan Akbarning eti jimirlab 
ketdi: 
— Xonbobo, sizni tangrim o‘zi asrasin! Men sizga keragicha qo‘riqchilar bergaymen, 
safaringiz bexatar bo‘lishi uchun barcha choralarni ko‘rgaymiz. Ammo albatta qaytib 
keling, biz sizni kutgaymiz! 
Bayramxon bosh chayqadi: 
— Endi qaytolmasam kerak! Endi qolgan umrimni shoir bo‘lib o‘tkazmoqchimen. Men 
turkman elidanmen. Shu elga qaytsam, zora eldoshlarim meni o‘zlarining shoirlari deb 
qabul qilsalar... endi... alvido! 
Ular ma’yus vidolashdilar. 
* * * 
Bir vaqtlar Zarafshon bog‘ida bog‘bon bo‘lgan Muborizxon (avvalgi Afzalbek) Akbar va 
Pirmuhammadning gaplarini Bayramxonga yetkazib yurib uning yaqin odamiga aylangan 
edi. Biroq Bayramxon yengilib, Akbarga eng yaqin odam — Adhamxon va uning onasi 
Mohim enaga bo‘lib qolganini ko‘rgan Muborizxon, hamon Bayramxonning xizmatida 
yurgan bo‘lsa ham, endi uning ichki sirlarini Adhamxonga yetkazib turdi va uning sodiq 
xufiyasiga aylandi. 
Adhamxon kelajakda Bayramxon kabi vakili saltanat bo‘lish orzusida edi. Buning uchun 
avval Bayramxonni, undan so‘ng Munimxonni yo‘q qilish fikriga tushgan. Muborizxon shu 
rejalarni amalga oshirishda unga astoydil xizmat qilsa Adhamxon uni haligacha 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish