Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
tuzish fikri bilan ovunib, barcha she’rlarini munshiga bir-bir o‘qitib ko‘rdi. ba’zilariga 
qanday tahrirlar kiritishni aytdi. Devonning odatiy qismlari uchun hali ancha she’rlar 
yetishmasligi aniqlandi. Komron o‘sha she’rlarni bir satr, ikki satrdan xayolida yarata 
boshladi. Munshini chaqirib, xayolda to‘qilgan satrlarni aytib yozdirdi-yu, o‘qitib ko‘rdi: 
Navbahor o‘lsa bahorimni mening yod aylang, 
Sarvqad lola-yu zorimni mening yod aylang. 
— Bo‘laturg‘anga o‘xshaydir, — deb yengil so‘lish oldi. Ko‘ziga mil tortganlarida borliq 
dunyo xayolida qonli kafan tusini olgani yodidan hech chiqmas edi. Shuni ham g‘azal 
satrlariga joylagisi keldida, yana bir kun xayolida she’r bitgach, munshini chaqirdi: — 
Yozing! 
Lolaning jismida qonlig‘ kafanin ko‘rganda, 
Kafan-u jismi figorimni* mening yod aylang. 
she’r yaxshi chiqayotganidan uning ko‘ngli ko‘tarildi. Chuchuk begimga atab bitilgan 
g‘azalga yangidan ikki satr qo‘shdi: 
O‘lmayin vahki o‘luvdan battar ahvolim bor, 
Tutib ilkimni vasl sori rohbar bo‘l. 
Bu satrlarni erining og‘zidan eshitgan Chuchuk begim: 
— Bajonidil ilkingizdan tutay, — dedi. — Qani, qayonga bormoqchisiz, mirzam? 
— Gunohlarim ko‘p, Chuchuk. Qanchalik yomon xatolar qilganimni endi 
fahmlamoqdamen. Makkai Madinaga borib, bu gunohlardan poklanmaguncha ko‘nglim 
tinchimagay. 
— Ka’ba juda uzoq. Kobulga borib, hazrat otangizning qabrlarini ziyorat qilsak-chi? 
Komron o‘ylanib turdi-da: 
— Mayli, avval Kobulga boraylik, — dedi. 
U egarda yurganda otini xizmatkori yetaklab borardi. Komron Chuchuk begim bilan 
Kobulga kelib, Bog‘i Navro‘ziyga tushdi. Ertasi kuni katta o‘g‘li Ibrohim mirzo bilan 
otlanib, otalarining qabri turgan tepalikka chiqib bordi. Buni eshitgan Humoyun Akbar 
bilan tepalikning ikkinchi tomonidan ko‘tarilib keldi. 
Komron otdan tushgach, o‘g‘lining yelkasiga o‘ng qo‘lini qo‘yib, turtinib bora boshladi. 
Humoyun bir vaqtlar mag‘rur va salobatli yigit bo‘lgan inisining yetakchiga ergashib, 
oyog‘i bilan yerni paypaslab, ifodasiz yuz bilan borayotganini ko‘rganda birdan ko‘ngli 
buzildi. Bo‘g‘ziga tiqilib kelgan tugunni ichiga yutib, sekin uning ketidan maqbaraga 
kirdi. 
Komron otasining qabr toshidagi yozuvlarni qo‘li bilan paypaslab topdi. 
— Hazrat otajon, ruhinizdan madad istab keldim!— deb pichirladi. — Hindol bilan Askariy 
men tufayli juvonmarg bo‘ldi, bunday og‘ir gunohni ne tavr ko‘taray? Endi ruhimni 
poklash uchun hajga ketishdan boshqa ilojim yo‘q. Qaytib kelolmasam, alvido, otajonim! 
Humoyun ko‘z yoshini to‘xtatolmadi, Akbar otasining yig‘laganini endi ko‘rdi. Ibrohim 
maqbara chetida qimirlamay turibdi. O‘smir yoshiga yetgan bu ikki yigitcha bolalikda 
naqora talashib olishganlari otalarining ayovsiz kurashlari oldida bir o‘yinchoq ekanini 
endi bilishar va damlarini ichlariga olib jim turishardi. 
Humoyun ko‘z yoshini ichiga yutib, tomoq qirdi. Maqbarada o‘g‘lidan boshqa yana kimdir 
borligini Komron endi payqadi. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish