Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
139
binoan, Humoyun bu qizni nikohiga olishdan oldin katta xotinlaridan rozilik olmog‘i kerak 
edi. Xo‘ja Muazzam Badaxshondan Kobulga kelib, jiyanidan rozilik so‘raganda Hamida 
o‘rtanib yig‘ladi: 
— Tog‘am bo‘laturib siz ham mening yuragimga tig‘ urgaymisiz? 
— Iloj qancha, jiyanjonim! Humoyun hazratlari yigit yoshidalar, hali ellikka kirganlari 
yo‘q. Bir yildan ortiq haramsiz yurmoq podsholar uchun mumkin bo‘lmagan hol. Zino 
yo‘liga kirmaslik uchun halol-u pokiza bir nikohga zarurat... 
— Biz bir umr halol-u pokiza yuribmiz-ku, mulla tog‘a? Nechun u kishi bir yilda zino 
yo‘liga kirgaylar? 
— Siz-u biz podsho emasmiz, begim, nechunligini bilolmasmiz. Shariat o‘zi to‘rt xotinga 
yo‘l berib qo‘ygan bo‘lsa ne iloj? Podshoni kuyov qilishga havasmandlar ko‘p. Ota-
bobolardan qolgan udum... Balki hali Akbaringiz ham shundoq qilgay. Tojdorlarning 
azaliy odati shu bo‘lsa biz ne qilaylik, jiyanjon! Mening ham sizga dilim kuyib, ezilib 
yuribmen! 
— Menga qayishsangiz, borib ayting! Hali endi yigirma birga kirdim. Nahotki shu yoshda 
qari kampirga aylansam-u ustimga xotin olsalar? Men rizo emasmen! 
— Men... bunday gapni borib aytolmagaymen... Nazardan qolsam, keyin boshqa beklar 
meni tepkilab tashlagay. Chunki bizga dushmanlik maqomida bo‘lgan katta bir 
viloyatning hokimi endi sulh yo‘liga o‘tib, hazratimga qizini bermoqchi. Agar bu nikoh 
buzilsa, sulh ham yana urushga aylangay, qancha begunoh qonlar to‘kilgay. Nahotki siz 
tog‘oyingizning zabun bo‘lishini istaysiz? Yana urush bo‘lishini, behuda qonlar to‘kilishini 
istasangiz, mayli, rozi bo‘lmang! 
Hamida bonu Sind viloyatida Humoyunga qirq kungacha ro‘yxushlik bermay yurgan 
paytlarini esladi-yu: 
— O‘zimdan ham o‘tgan! — dedi. — O‘shanda ko‘nmasligim kerak edi. Ilkimni cho‘zsam, 
etagiga ham yetmasligini o‘shanda sezgan edim! 
— Ammo hali hazratimning sizga mehrlari cheksiz... 
— Mehrdan gapirmang! — deb Hamida tog‘asini jerkib tashladi. — Hammalaringiz birsiz! 
Boring ayting, uylanaversinlar! Ammo ikkinchi mening yonimga kelmasinlar! Bas! 
Humoyun o‘n yetti yoshli Badaxshon go‘zali Norchuchuk begimga uylanib, Kobulga 
qaytguncha Komron Sinddan o‘g‘rincha kelib shaharni oldi. Qamal dahshatlarida ikki 
yoshli qizalog‘i Jahon Sultondan ajralgan Hamida bonu keyin Humoyun xotinini ozod 
qilganda ham boshqalar qatori quvona olmadi. Chunki Humoyunning yonida yangi xotini 
Norchuchuk begim ham Kobulga kirib keldi, uni daryo bo‘yidagi Bog‘i Binafshaga 
joylashtirdilar. Bir yil o‘tmay Norchuchuk begim Humoyunga o‘g‘il tug‘ib berdi, otini 
Muhammad Hakim qo‘yishdi. Shuni eshitgan kuni Hamida bonu Akbarni bag‘riga bosib 
ko‘ziga yosh oldi: 
— Bolajonim, xudo senga ham o‘gay ini berdi! 
Akbar onasining bundan nega iztirob chekayotganini tushunmadi: 
— Ini... yomonmi, ayajon? Men uni o‘ynatamen-ku. 
— Sen o‘ynatadigan ining Qandahor yo‘lida o‘lmaganda hozir to‘rt yashar bo‘lur edi! 
Amaking Komron esingda bormi? Seni arkda to‘pning o‘qiga ro‘baro‘ qilgani yodingdami? 
O‘gaylik ana shunday bo‘lur, bolam! 
O‘shanda Komron mirzo uni qanday shafqatsiz o‘limning tig‘iga to‘g‘rilab qo‘yganini bola 
hali ham onasi tushunganchalik fahmlagan emas, lekin baribir o‘sha damlar esiga 
tushsa, yaqindan ko‘rgan to‘plarining dahshat solib otilishi ko‘z oldiga keladi-yu, uni 
beixtiyor seskantirib yuboradi. Shu xotira ta’sirida bola Komron amakisini g‘ayrishuuriy 
bir tuyg‘u bilan yomon ko‘radi, uni uchratsa yotsirab, o‘zini olib qochadi... 
...Satodan chiqayotgan mungli kuylar pastda shovullayotgan Kobul daryosining ovozini 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish