Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
o‘tib, Humoyunga chap tomondan qilich urmoqchi bo‘ldi. Buni ko‘rgan Humoyun qilichini 
darhol chap qo‘liga oldi. Sherafkan uning chapaqayiga ham qilich ura olishini bilmay 
ehtiyotsiz bir harakat qilgan edi, Humoyun qulay paytdan foydalandi. Uning chap qo‘l 
bilan urgan qilichi Sherafkanning yelkasi aralash gardanini qattiq yarador qildi. 
Sherafkan qilichini qo‘lidan tushirib yubordi, hushidan ketib otdan yiqiladigan bo‘lganda 
yigitlari kelib suyab qolishdi. 
Bu olishuvni tog‘ tepasida Validbek bilan Som mirzo ko‘rib turgan edilar. Validbek ot 
choptirib kelib Humoyunga da’vo qildi: 
— Siz nechun ovda qilich yalang‘ochlab, bizim bekni yarador etmishsiz?! 
Ammo Bayramxon Yoqub Sherafkanning o‘zi aybdor ekanini aytib, begunoh halok 
bo‘lgan Hasanalining jasadini ko‘rsatdi. Som mirzo Humoyunning shunday tahlikali 
holatda o‘zini mardona tutganidan juda ta’sirlangan edi. U akasi Tahmaspning oldiga 
borganda butun voqeani batafsil aytib berib, Humoyunni yoqladi. 
Shohning singlisi Shohzoda Sultonim odatdagiday baland bir joyda otliq turib akasining 
kiyik ovlashini tomosha qilgan, tosh jar labida bo‘lib o‘tgan hodisani o‘zi ko‘rmagan 
bo‘lsa ham, boshqalardan eshitgan edi. Humoyunning oti tosh jardan qanday qulab 
ketgani, uning o‘zi boshqa otga sakrab minib qanday jon saqlagani, so‘ng chap qo‘l bilan 
qilich chopib, Sherafkanday pahlavonni qanday yenggani Shohzoda Sultonimni 
hammadan ko‘proq hayajonga soldi. Ovchilar orasida shohning xolis kuzatuvchilari ham 
bor edi. Ular ham shohga kelib axborot berganda mehmonning jasoratiga qoyil 
bo‘lganlari sezilib turardi. Atrofidagi shuncha odamning gapi bir joydan chiqqandan 
so‘ng, shoh Tahmasp ham Humoyunga tan bermay iloji qolmadi. 
— Sherafkan bizim farmonimizni buzmishdir, yaraliq o‘lgani uchun o‘zi aybdor! — dedi 
Tahmasp qurol ishlatmaslik haqida bergan farmoyishini Validbekka eslatib. — Ammo 
Mirzo Humoyun bizim oliy ko‘nag‘imizdir*. Onga oliy e’zoz lozimdir! 
Humoyunning o‘ngirga qulab ketgan oti o‘rniga shohning o‘zi uchun yetovda olib 
kelingan va egar-jabdug‘i oltin bilan ziynatlangan chiroyli oq arg‘umoq taqdim etildi. 
Otning oq rangi ham oralaridagi kudurat ko‘tarilganini hammaga namoyish etganday 
bo‘ldi. Begunoh halok bo‘lgan Hasanalining oilasiga shoh o‘z xazinasidan kattagina 
nafaqa tayin etdi. Kechki payt ovda otilgan kiyiklar, kakliklar, hilol qushlar go‘shtidan 
shohona taomlar tayyorlandi. Tahmaspning qirmizi rangli ulkan saqarlot borgohiga 
Humoyun bilan Bayramxon taklif etildi. Tahmasp Humoyunning kattaligini endi tan olgan 
kabi uni to‘rdagi joyga o‘tqazdi. Oltin jomlardagi mayinoblarga kiyik va kaklik kaboblari 
gazak qilindi. Xiyol kayf qilganlaridan so‘ng Tahmasp ochilib so‘zladi: 
— Mirzo hazratlari, men tarix kitobida o‘qimisham, Sizning bobokaloningiz Amir Temur-
da har ikki eli* ila chox yaxshi qilich chapmishdir. Siz chap el ila qilich chopmoqni Temur 
bobongizdan uyranmishsiz? 
— Siz haqsiz, olampanoh. Bugun chap el ila chopgan qilichim ham menga Sohibqiron 
bobokalonimdan meros qolmishdir. 
Shoh Tahmasp bu gapdan xiyol taajjublandi: 
— Sizda Amir Temurning qilichi bordir? 
— Bor, marhamat, ko‘ring, — deb Humoyun beliga taqilgan oltin sopli qilichni g‘ilofidan 
sekin olib ko‘rsatdi: — Amir Temurning muhrlariga «rosti-rusti» — degan so‘zlar o‘yib 
yozilgan ekan. Xuddi shu ikki so‘z bu qilichga ham bitilgan. Qarang!.. 
Shoh Tahmasp qilichning sopidan pastrog‘iga zargarona harflar bilan qadama* qilib 
bitilgan «rosti-rusti» so‘zlarini o‘qidi-da: 
— Vah! Vah! — deb zavqlandi. 
—Ma’nosini anglagandirsiz olampanoh?.. «Kuch— adolatdadir» degan e’tiqodni mening 
dilimga jannatmakon otam ham singdirganlar, bu qilichni asrab-avaylab menga yetkazib 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish