I BOB. MASALANING ADABIY MANBALAR BO’YICHA HOLATI.
1.1. Qaddi-qomatida nuqsoni bo‘lgan maktab o‘quvchilarining ruhiy-
pedagogik va fiziologik xususiyatlari.
Qomat deb majburlanmasdan erkin yurgan kishini o‘zi o‘rganib qolgan holati
tushuniladi. Bu holat ortiq kuchlanishni talab qilmaydi. To‘g‘ri qomat garmonik
(har tomonlama) rivojlangan kishi ko‘rinish sifatlaridan biri hisoblanadi, unda
tananing tashqi chiroyli va salomatligi ifodalangan bo‘ladi. Kishi qomati nafaqat
estetik (nafosat) go‘zalligi, balki kishi holatiga (ijobiy yoki sal’biy), rivojlanishiga,
turli tana qismlari holati, funktsiyasi (vazifasi), tizimlariga ham ta`sir qiladi.
Ko‘krak orqa bo‘g‘im qismlarining holatlari bilan ham bog‘liq.
Fiziologik nuqtai nazardan qomat dinamik (rivojlanuvchi) stereotip sifatida
qaraladi, umr davomida tarbiya jarayonida shakllanadi, suyak qomatini boshlanishi
bilan mustahkamlanib boradi. To‘g‘ri qomat bosh qism va tanani yuqoriga to‘g‘ri
yo‘nalishda tavsiflanadi, orqa boldir qismining pastki qismining aylanma shaklida,
elkalar bilan engil orqaga tortilgan, ko‘krak qismlariga ko‘kraklar bilan bog‘langan
holatda ifodalanadi.
Ko‘rikdan o‘tkazish davomida to‘g‘ri qomat shakli ko‘krak qismidan bir
qancha holatda ko‘tarilganlik va qorin bo‘shligini balandlashgani, pastki qismlarni
to‘g‘riligi, orqa umurtqa qismini fiziologik qiyshayganliklarini ko‘rinishida
ifodalanadi.
Yahshi qomatli kishilarda umurtqa suyaklari chiroyli to‘lqinsimon chiziqlarni
ifodalaydi. Fiziologik buklanishlarga asosan uni doimiyligi va harakatchanligi
kuchayib boradi, ressor funksiyasi (kuchi) shakllanib, orqa va bosh qismini
chayqalishdan saqlaydi.
Insonni qomatiga ta`sir qiluvchi va uni shakllanishini keltirib chiqaruvchi
fiziologik (jismoniy) omillarga: shahsiy rivojlanish tezligi va harakteri; harakat
malakalarini rivojlanish va statik holat reaksiyasining darajasi; qomat uchun
9
rivojlantiruvchi mashqlar sifatida mahsus jismoniy mashqlar ta`siridan
foydalanish; xuddi shunday asosiy nerv jarayonini qo‘zg‘alish va tormozlanish
(to‘xtatish) holatlardagi sokinlik kabilarga bog‘liq. Shuning uchun qomat
o‘zgarishi mumkin, shunga qaramasdan anotomik omillarni genetik tizimliligiga
hos mavjud bo‘lgan doimiylikka asosan rivojlanishi yoki pasayishi
(yomonlashishi) mumkin, uni shakllantirish mumkin, chunki ular shartli
mustahkamlangan harakat reflekslaridir.
Inson qomati erta harakat malakalarini egallaydi va maktabgacha yosh davrida
aaniqlanadi.
Boshlanishda doimiy emas, o‘zgaruvchan bo‘ladi, chunki tana rivojlanish
davrida suyak qismlarini rivojlanishida teng bo‘lmagan holat ifodalanadi, bu holat
suyak bog‘lovchi apparatlarda va mushaklar tizimida ifodalanadi. Qomatning eng
ko‘p saqlanib o‘zgaruvchanligi, aynan umurtqa pog‘onasida 8-10 yoshda
kuzatiladi.
Bu davrda,”ikkinchi portlash” deb nomlangan, jinsiy balog‘atdan oldin
ifodalanuvchi holat paydo bo‘lib, tanani uzunasiga o‘sish tezligi oshadi. Suyaklar
o‘sishida tezlanish, katta mushak guruhlarida rivojlanishni kuchayishi, ularni
kichik kuchlanishga nisbatan va mayda suyaklar mushaklarini, panja qismlarini
rivojlanishi orqada qoladi. Bunday bir-biriga hos bo‘lmaganlik rivojlanishini
ko‘payish davri 11-12 yoshda sodir bo‘lib, keyin asta-sekinlik bilan 18-19 yoshda
kamayib boradi va qomat rivojlanishi tugallanib tizimlanadi. Bu davr o‘rtacha 20-
yoshda amalga oshadi.
Kichik maktab yoshi bolalikni yuqori darajasi hisoblanadi, bu davrda bola
ko‘pgina sifatlarini saqlab qoladi - engil hayol tafakkur, hayolparastlik kattalarga
pastdan yuqoriga qarash. Lekin u endi bolalarga xos hatti-harakatlarini yo‘qotib
boradi, unda boshqa tafakkur mantiqi shakllanib boradi.
6-8 yosh davri - bolani qiyin davrlaridan biri bunda kattalar bilan
munosabatlari tizimida o‘zini chegaralangan ong doirasini o‘sishi paydo bo‘lib,
unda ijtimoiy zarur va faoliyatini ijtimoiy baholashga intilish paydo bo‘lib,
10
rivojlanishida ijtimoiy vaziyatlar tubdan o‘zgaradi, bola uchun yangi faoliyat turi
o‘quv faoliyati shakllanadi. Maktabgacha yosh davridagi o‘yinlar shakli kichik
maktab davrida o‘zini rivojlantiruvchi ahamiyatini yo‘qotib borib asta-sekinlik
bilan ta’lim olish va mehnat bilan almashtiriladi. Ularni mohiyati bu faoliyat turi
o‘yindan farq qilgan xolda, oddiy qoniqish keltirib o‘ziga xos maqsad kasb etadi.
Bu yoshdagi o‘yinlarni o‘zlari ham yangi turga ajratadi.
O’zini ongida o‘tish davri, 7-yoshida boshlanishi bilan o‘tishni asosiy
sinptomlari ifodalanadi:
- o‘zini tuta bilishi - istak va faoliyat oldingi boshdan kechirganlariga
bog‘lanib, bu faoliyatni ahamiyati bola uchun katta ahamiyat kasb etadi;
- bolani tashqi qiyofasida - bola o‘ziga nimalarnidir qurish, nimalarnidir
yashirish jihatlari shakllanadi;
- “ochiq konfetlar” belgisi paydo bo‘lib, unda yomon his-tuyg‘ular
shakllanib, uni bola yashirishga harakat qiladi, tarbiyasida qiyinchiliklar sodir
bo‘ladi;
U o‘zini harakatlarni yashirishga harakat qiladi va boshqarilishi qiyinlashib
boradi (45).
Kichik maktab yoshidagi o‘yinlarni qoniqtiruvchi turlari kattalarga xos
bo‘lganlari qiziqtiradi. Bu o‘yinlar, bolalarni o‘ylashga majbur qilib, insonni o‘zini
sinab ko‘rishga undovchi va o‘zini qobiliyatini rivojlantiruvchi va uni boshqalar
bilan musobaqaga jalb qiluvchilari qiziqtiradi (23).
Bolalarni bunday o‘yinlarda qatnashishlari ularni fikrlarini tasdiqlovchi,
o‘zini deganini bajarishga undovchi, muvaffaqiyatga etaklovchi va boshqa foydali
sifatlarini tarbiyalashga asos bo‘lib ularni katta yosh davrida zarur bo‘lishiga
ishonch hosil qiladi. Bunday o‘yinlarda tafakkur murakkablashib, faoliyatini
rejalashtirish, bashorat qilish, muvaffaqiyatga ishonch kabi o‘rinlarni tanlashga
yordam beradi. O’yinni yangi turi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda yuqori
darajadagi diqqatini torta boshlaydi, bola turli xildagi sport o‘yinlarga qiziqa
boshlaydi. Bu o‘yinlar amaliyot tafakkurini rivojlantirish masalalarini echish bilan
11
bolalarni salomatliklarini ham mustahkamlaydi, kuch, o‘z gapida turish va boshqa
foydali sifatlarini shakllantiradi (16).
S.P.Papov (1997 y), V.I.Dubrovskiy (1998 y) kabilarni ishlarida, kichik
maktab yoshidagi o‘g‘il va qiz bolalarda (7-10 yosh) jismoniy rivojlansh
ko‘rsatkichlari (og‘irlik, o‘sish, ko‘krak qafasi doirasi va tana tengligi) ko‘p
darajada farq qilmaydi. Sklet suyak qismini murakkablashib borishi davom
qilishida, partada noto‘g‘ri o‘tirishi, bir tomonlama yuklamani ortib borishi
(sumkasini bir qo‘lda ko‘tarib yurish, bir turdagi o‘yinlar bilan shug‘ullanish) bola
qomatida egilishga, umurtqa pog‘onasini qiyshayishiga olib kelishi mumkin.
Aynan bu kuchsiz mushaklarga ega bo‘lgan bolalar va kam harakatlanadigan
bolalarda aniq ifodalanishi mumkin. Keyinchalik, skletni qotib suyaklashib ketishi
natijasida, ularda butun hayoti davomida umurtqa pog‘onasi qismini yon tomonga
qiyshayishi yoki dumaloq orqa, hamda qorin qismida mushaklarni bo‘shashishiga
olib keladi.
7-11 yoshida asta-sekinlik bilan qo‘l suyaklarini qotishi tugallanadi. Qo‘l,
oyoq qismlari va bog‘lovchi apparatlari va mushak suyaklari mustahkamlanib
boradi. Bu esa biroz qiyin va nozik birqator murakkab jismoniy mashqlarni
bajarish imkoniyatini yaratadi.
Suyaklarni rivojlanish darajasi bilan harakat va mushak kuchlari o‘sishi
oshib boradi (28).
Yurak-tomir tizimi navbatdagi xususiyatlarga ega: 7-9 yoshida yurak hamma
tana hajmiga nisbatan 0,5 % ni, kattalarga nisbatan faollashadi. 7-11 yoshida nafas
olish tizimi kam rivojlangan bo‘lganligi uchun nafas olishi biroz yuqori va tez-tez
nafas olishga egadir.
Tinch holatda tanani kuch sarf qilish darajasi baland bo‘lib, modda
almashuvi yetarli darajada yuqori bo‘ladi (ko‘p energiya tana xajmini o‘sib
borishiga ketadi).
Shunga bog‘liqlikda kichik maktab yoshidagi bolalarni ovqatlanishga
bo‘lgan ehtiyojlari o‘spirin va kattalarga nisbatan ma’lum darajada kattaligini
12
o‘zlarini ishlarida V.M.Smirnov va V.I.Dubrovskiy (2002 y.) lar ta’kidlaydilar.
A.I.Belousov (2006 y.)
ni fikricha bugungi kunda bolalar salomatligini
yomonlashib borishi ma’lum darajaga etdi. Bu nafaqat salbiy omillar ta’siri, ya’ni
ijtimoiy-iqtisodiy omillar, balki ruxiy, hissiy, oilaviy pedagogik va tibbiy omillar
bilan ham bog‘liq deb ta’kidlaydi.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunni amalga kiritish sharoitida salomatlik
muammolariga diqqatni qaratishga ko‘proq e’tibor qilish zarurligini ifodalab,
bolani salomat o‘sishini muvaffaqiyati unga ta’lim berish va tarbiyalash
jarayonlarida ko‘pgina pedagoglar, tibbiyot xodimlari va ruxshunoslar
tadqiqotlarida isbotlangan. Bolalarni salomatligi, jismoniy rivojlanishi, umumiy
jismoniy tayyorgarligi va mashqlantirilishi darajasiga qarab ularni uchta tibbiy
guruhlarga ajratadilar: asosiy, tayyorlov, maxsus (Butun jaxon sog‘liqni saqlash
qaroriga ko‘ra) guruhlarga ajratiladi.
Tayyorlov tibbiy guruhiga salomatligida jismoniy tayyorgarligida katta
bo‘lmagan nuqsonlar va yetarli darajada jismoniy tayyorgarligi kam bo‘lgan
bolalar kiradi. Bu guruhda xuddi shunday mashg‘ulotlaridan foydalanish, ya’ni
asta-sekinlik bilan ta’sir qiluvchi mashqlar sharoitlaridan tanaga katta talablar talab
qiluvchi mashqlardan foydalanish mumkin. Tayyorlov tibbiy guruhida asosiy
guruhlar bilan birgalikdagi o‘quv dasturidan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi: har ikkala
guruh qatnashchilari tasdiqlangan nazorat me’yorlarini topshiradilar. Bu bilan
birgalikda bolalar, bu guruhga kirganlari, asta-sekinlik bilan umumlashgan
qo‘shimcha trenirovka mashg‘ulotlarini egallab borishlari zarurligini o‘zlarini
jismoniy tayyorgarligini oshirishga yo‘naltirilganligini bilishlari kerak.
Maxsus tibbiy guruhga salomatligida ma’lum darajada nuqsoni doimiy
mavjud bo‘lgan yoki vaqtinchalik mavjud bo‘lgan nuqsonlarga ega bo‘lgan
bolalar, ya’ni jismoniy yuklamani ma’lum darajada chegaralash zarurligini talab
qiluvchi, shunga xos aniq o‘quv dasturlari bilan ishlashni talab qiladigan
o‘quvchilar kiradi (32).
V.L.Strakovskiy (1987 y.) navbatdagi kasalliklar turini ajratadi: ya’ni kichik
13
maktab yoshidagi bolalarda tez-tez kuzatiladiganlarni ko‘rsatadi.
Qomat buzilishi. Qomat bu - o‘rganib qolgan, o‘zini tanasini zo‘riqtirmasdan
tutib turish ko‘rinishi. To‘g‘ri qomatda inson qiyofasi chiroyli, tik tizimli, qadam
qo‘yishi yengil va egiluvchan bo‘ladi.
V.K.Velichenko (1999 y.) qomatni klinik ko‘rinishlarini buzilish turlarini
ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |