G’isht devor panellar qurilishni industrlash maqsadida ishlab chiqariladi. Panellar
gorizontal h’olatda h’ar bir g’isht uchun avvaldan tayyorlangan yacheykalarga tsementli
qorishma bilan teriladi va g’isht oralari qorishma bilan to’ldiriladi. Panel qalinligi 80, 140, 180
va 280 mm bo’ladi.
Keramik toshlardan bir qatlamli panellar tayyorlanadi. İkki va uch qatlamli panellar g’isht
va issiqlik izolyatsiyasi qatlamlaridan (100 mm qalinlikda) iborat bo’ladi. Panelni yuklash,
tushirish va montajni ko’zlab po’lat armatura karkasi bilan kuchaytiriladi. Panellarni zavodda
tashqi va ichki tomondan pardozlash imkoniyati bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |