Metamorfik tog’ jinslari. Metamorfik tog’ jinslaridan qurilishda ko’p ishlatiladigani
gneyslar, gilli slanetslar, marmarlar va kvartsitlardir.
Gneyslar slanetssimon (qatlamli) tuzilishga ega bo’lib, granitlarning metamorfizmga
uchrashidan h’osil bo’lgan. Gneyslar tarkibiga kvarts, biotit, rogovaya obmanka, dala shpatlari
kabi minerallar kiradi. Ular granit kabi yuqori mustah’kamlikka ega, lekin muzlaganda
qatlamlanib buziladi. Gneyslar poydevorlar, yo’l qoplamalari barpo etishda ishlatiladi.
Kristalli slanetslar mayda donali tuzilishga ega bo’lib, kvarts, biotit va muskavit
minerallaridan iborat bo’ladi. Slanetslarning gilli, kremniyli, slyudali va boshqa turlari mavjud
bo’lib, tombop plitalar tayyorlashda ishlatiladi. Slanets 2-8 mm qalinlikda osongina
qatlamlanishi mumkin. Uning zichligi 2,7-2,8 gsm
3
, g’ovakligi 0,3-3%, siqilishdagi
mustah’kamligi 50-240 MPa bo’ladi. Slanetsdan pol, zinapoya qoplamalari qismlari tayyorlash
mumkin.
Kvartsitlar qumtoshlarning qayta kristallanishidan h’osil bo’lgan mayda donali tog’
jinslaridir. Kvartsit 95-99% kvartsdan (SiO
2
) iborat bo’lib, siqilishdagi mustah’kamligi 100-455
MPa, olovga bardoshliligi 1710-1770
0
S.
Qurilishda kvartsitlar devor toshlari, bruschatka, yo’l va ko’prik qoplamalarida, kislotaga
chidamli material sifatida ishlatiladi.
Marmar-mayda, o’rtacha va yirik donador zich tog’ jinsi bo’lib, oh’aktosh va dolomitlarni
yuqori bosim va h’arorat tasirida metamorfizmga uchrashidan h’osil bo’lgan. Sof marmar oq
rangda, minerallar aralashsa yashil, qizil, kulrang, qora va qoramtir bo’lishi mumkin. Aralashgan
minerallarning bir tekis tarqalmaganligi marmar teksturasi turli gulli bo’lishiga sababchidir.
Marmar zichligi 2,8 gsm
3
, suv shimuvchanligi 0,7 % gacha, siqilishdagi mustah’kamligi
esa 100-300 MPa, qattiqligi 3-4. Marmar oson qayta ishlanadi, jilolanadi. Marmar qurilishda
ichki va tashqi devorlarni bezashda, zinapoya, deraza tokchalari, chiqindilari esa koshinkor beton
buyumlar, murakkab bezak qorishmalari tayyorlashda ishlatiladi. Marmar bino va inshootlarni
tashqi bezagi uchun ishlatilganda vaqt mobaynida h’avodagi namlik va turli gazlar tasirida
jilosini yo’qotib boradi.
Marmar Wzbekistonning Nurota, Qurama, Chotqol tog’ tizmalarida ko’plab uchraydi.
Shulardan eng mashxuri Nurota marmar konlari tizimidir. Toshkent shaxridagi Navoiy nomli
teatr, Xalqlar do’stligi saroyi binolari maxalliy marmar toshlar bilan bezatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |