Konveyer usulida temirbeton buyum va konstruktsiyalar taglik-aravachalarda belgilangan
qatiy ritmda texnologik potok bo’ylab h’arakatlanadi. Bu usulda texnologik operatsiyalar h’ar bir
postda aloh’ida-aloh’ida bajariladi. Postlar soni va texnologik uskunalar turi bajariladigan
operatsiyalarning davomiyligi bilan belgilanadi.
Konveyer usulida tegishli postlarda zarur bo’lgan qismlar, yarim fabrikatlar: armatura
karkaslari, beton qorishmasi, pardozlash qorishmalari va qoplash plitkalari va sh.k. texnologik
operatsiyalarni bajarish uchun tayyor h’olda bo’ladi va uzluksizlikni taminlaydi. Buyumlarni
termik qayta ishlash kameralari gorizontal va vertikal uzluksiz ishlaydigan kameralardan iborat
bo’ladi.
Konveyer usuli katta quvvatli bir xil tiplardagi buyum va konstruktsiyalar ishlab
chiqaradigan zavodlarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |