Microsoft Word Архитектуравий ашёшунослик


Buyum  va  konstruktsiyalarni  qoliplash



Download 3,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/354
Sana14.09.2021
Hajmi3,79 Mb.
#173864
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   354
Bog'liq
arxitekturaviy ashyoshunoslik

Buyum  va  konstruktsiyalarni  qoliplash.  Qoliplash  jarayoni  quyidagi  asosiy 
operatsiyalardan  iborat  bo’ladi:  qoliplarni  tozalash,  yig’ish  va  moylash,  qolipga  armaturani 
joylashtirish, qolipga beton qorishmasi quyish va zichlashtirish. 
Temirbeton buyum va konstruktsiyalarning sifati qolip o’lchamlari aniqligiga va bikrligiga 
bog’liq bo’ladi. Qoliplar odatda po’lat listlardan tayyorlanadi, xususiy h’ollarda boshqa metallar 
qotishmalaridan  tayyorlanishi  mumkin.  Hozirgi  vaqtda  qoliplar  plastik  va  shishaplastik  listlar 
asosida  tayyorlanmoqda.  Misol  tariqasida  Germaniyaning  “Pashal”  Verke  LTD  firmasi  plastik 
qoliplarini  keltirish  mumkin.  Kam  foydalaniladigan  qoliplarni,  yuza  tomonini  suv 
yuqtirmaydigan moylar surilgan yog’och asosida tayyorlash mumkin. 
Beton  quyishdan  avval  qoliplar  qotgan  beton  qoldiqlaridan  tozalanishi  shart.  Qolip 
yig’ilgach, beton qolipga yopishib qolmasligi uchun maxsus emulsion tarkiblar bilan moylanadi. 
Beton qorishmasi qolipga turli betonquygichlar yordamida quyiladi. Betonquygichning turi 
qoliplanadigan buyum va konstruktsiyaning turiga bog’liq bo’ladi. Masalan, yuzasi katta plitalar, 
panellar  va  sh.k.  ushbu  buyum  enini  qoplaydigan  betonquygich  mashinalar  vositasida,  ensiz 
buyum  va  konstruktsiyalar  maxsus  shlanglar,  badyalar,  transporter  kabi  betonquygichlar 
yordamida qoliplanadi. 
Yig’ma  temirbeton  konstruktsiyalar  tayyorlashda  quyidagi  beton  zichlashtirish  usullari 
ishlatiladi:  titratish,  prokatlash,  vakuumlash,  presslash,  shibbalash,  tsentrifugalash  va  h’okazo. 
Eng  ko’p  tarqalgan  usul  qisqa  muddatli  titratish  bo’lib,  titratish  maydonlari  katta  yuzali 
buyumlar betonini zichlashtirishga imkon beradi. 
Qo’zg’almas  yirik  qoliplardagi  beton  qorishmasi  chuqurlik  titratkichlari  vositasida,  yupqa 
konstruktsiyalar esa yuzaki titratgich maydonchalari va to’sinchalari yordamida zichlashtiriladi. 
Bikr  va  o’ta  bikr  beton  qorishmalari titratish-vakuumlash,  titratish-prokatlash  va  shu kabi 
aralash usullarda zichlashtiriladi. 
Yig’ma  temirbeton  buyum  va  konstruktsiyalarni  zichlashtirish  va  qotishini  tezlashtirish 
usullari 6 bobda batafsil izoh’langan. 

Download 3,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish