4.4. Shishaning turlari
Taxta oyna. Taxta oynaga oddiy deraza, vitrina, issiqlik nurlarini yutuvchi,
armaturalangan va boshqa oyna turlari kiradi.
Taxta oyna deraza va eshikni to’sishga, sanoat va jamoat binolarini tashqi muh’itdan
izolyatsiyalashda, ichki va tashqi tomondan bezashda ishlatiladi. Taxta oyna eni 250-1600 mm,
uzunligi 250-2200 mm, qalinligi 2; 2,5; 3; 4; 5 va 6 mm o’lchamlarda tayyorlanadi. Bir metr
kvadrat oynaning massasi 2-5 kg bo’ladi. Shisha taxtaning nur o’tkazuvchanligi 87% kam
bo’lmasligi, shaffof bo’lishi talab etiladi. U rangsiz bo’lib, bazi xollarda yashil yoki ko’kimtir
soyalar bo’lishi ruxsat etiladi. Taxta oyna yuzasidagi qiyshiqliklar, burmalar, yo’l-yo’l chiziqlar,
bo’shliqlarning bo’lishi uning navini belgilaydi.
Vitrina oynasi mamuriy, maishiy, savdo, meh’monxona va sh.k. binolarni bezashda va
izolyatsiyalashda ishlatiladi. Vitrina oynalari polirovkalanib, qalinligi 6-10 mm, eni 3500, bo’yi
6000 mm gacha o’lchamlarda ishlab chiqariladi. Vitrina oynasining bir tomonlama nur
o’tkazuvchi turi binolarni bezashda va yorug’lik nurini mo’tadil saqlashda zarur bo’ladi.
İssiq nurlarni qaytaruvchi oyna bir tomondan 0,3-1 mkm qalinlikda, turli rangdagi metall
va oksid plyonkalar bilan qoplangan bo’ladi. Metall yoki oksid qoplamalari maxsus ionli purkash
uskunalari yordamida nikel-xrom aralashmasi, temir, mis, xattoki oltin, platina va sh.k. nodir
metallar qoplanishi mumkin. Ularning nur o’tkazuvchanligi 30-70% atrofida bo’ladi. Metall
qoplamali shishalar infraqizil nurlarni qaytargani sababli qizimaydi va xonadan nur tashqariga
chiqmasligi tufayli binolarda issiqlik saqlanadi. Metall va oksid plyonkalar bilan qoplangan
vitrina oynalari Parij, Berlin, Toshkent (Biznes markazi, İnterkontinental meh’monxonasi va
x.k.) va boshqa mamuriy binolarni bezash va izolyatsiyalashda ishlatilgani, uning imkoniyatlari
ko’pligidan darak beradi.
İssiq nurlarni yutuvchi oyna oddiy oynadan kimyoviy tarkibida temir, kobalt, nikel oksidi
bo’lishi bilan farq qiladi. Oynaning bu turi davolanish, bolalar bog’chalari, gulxona, qishki bog’,
bino va inshootlarni romlariga o’rnatiladi.
Nur qaytaruvchi oyna gulli va xiralashtirilgan turlarga bo’linib, xona ichi ko’rinmasligi
uchun deraza, eshik romlariga o’rnatiladi. Gulli oyna quyilayotganda maxsus valiklardan
foydalaniladi. Xiralashtirilgan oyna esa, qum oqimi bilan oddiy oynani qayta ishlab tayyorlanadi.
Armaturalangan oynani kuydirilgan, xromlangan, nikellangan po’lat to’r bilan kuchaytirib
tayyorlanadi. Bu oyna silliq va to’lqinsimon bo’lib, oyna sindirilganda sochilib ketmasligini
taminlaydi. Uning o’lchamlari: uzunligi 1200-2000 mm, eni 400-1500 mm.
Toblangan oyna oddiy oynani 540-650
0
S h’aroratda qizdirib va asta-sekin sovutib olinadi.
Toblangan oynaning zarbiy va egilishdagi mustah’kamligi oddiy oynaga nisbatan bir necha
barobar yuqori. Toblangan oyna vitrinalar, eshiklar, balkon, zinapoya to’siqlari va bo’lmalar
tayyorlashda ishlatiladi.
Radioaktiv nurlarga bardoshli oynani shixta tarkibiga qo’rg’oshin, litiy, bor, kadmiy va
tseziy oksidlari (0,25-1,5%) qo’shilib tayyorlanadi. Bunday oynalar atom elektrostantsiyalarida,
reaktor qurilmalari xonalarida, izotoplar tayyorlaydigan korxonalarda ishlatiladi.
Ko’p qavatli oyna (tripleks) oddiy va armaturalangan bo’lib, asosiy va oraliq
(amortizatsiyalovchi) qatlamlardan iborat. Bu oyna turi sindirilganda maydalansa h’am sochilib
ketmaydi.
İssiqqa bardoshli oyna borosilikatli bo’lib, tarkibida bor, rubidiy va litiy oksidlari bo’ladi.
Bu oyna turi 200
0
S h’aroratga chidaydi va h’aroratdan chiziqli kengayish koeffitsienti oddiy
oynadan 2-3 marta kam bo’ladi (2-4
.
10
-6
0
S).
Do'stlaringiz bilan baham: |