Metamorfik tog’ jinslar. Metamorfik jinslar tog’ jinslarini erning chuqur qatlamlarida
yuqori bosim va h’arorat ostida o’zgarishidan h’osil bo’lgan. Metamorfik jinslar strukturasi-
teksturasi h’osil bo’lishida bosimning yo’nalishi katta rol o’ynaydi. Metamorfizm jarayoniga
tog’ jinslari tarkibidagi suv va karbon kislotalari katta tasir ko’rsatadi.
Metamorfik jinslarni h’osil qiluvchi minerallarga magmatik jinslarda uchraydigan dala
shpatlari, kvarts, slyuda, rogovaya obmanka, cho’kindi jinslarga xos bo’lgan kaltsit, dolomit
minerallari, maxsus metamorfik jinslar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |