Sanoat bino karkaslari uchun temirbeton ustunlar, kran osti to’sinlari, tom to’sinlari,
fermalari va arkalari ishlatiladi.
Sanoat binolari ustunlari yaxlit va panjarali, bir va ikki konsolli turlarda M200-M500
markali og’ir va engillashtirilgan betonlar asosida ishlab chiqariladi. Ustunning balandligi sanoat
binosi balandligiga mos ravishda, ko’ndalang kesimining o’lchamlari 300x300 mm dan 400x600
mm gacha va undan ortiq o’lchamlarda kvadrat, to’g’ri burchak va tavr shaklida tayyorlanadi
(8.3-rasm).
Kran osti to’sinlari va konstruktsion to’sinlar tayanishi uchun chetki qator ustunlari bitta
konsolli, o’rta qatordagi ustunlar ikkita konsolli qilib ishlab chiqariladi. Ustunlar avvaldan
taranglangan armatura va armatura karkaslari bilan armaturalangan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |