6.3. Portlandtsementning xossalari va xususiyatlari
Tsement xossalariga maydalik darajasi, normal quyuqligi, qotish davri, markasi va sh.k.
kiradi. Tsementning kimyoviy va mineral tarkiblari yuqorida bayon etilgan bo’lib, ular xom
ashyoning tarkibiga qarab biroz o’zgarishi mumkin. Tsementning material tarkibiga (massa
bo’yicha, %) klinker, gips, mineral qo’shimchalar, plastifitsirlovchi va gidrofoblovchi
qo’shilmalar kiradi. Bunday qo’shilmalar tsement massasiga nisbatan 0,1-0,3% miqdorda
tsement tuyish paytida kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: