Microsoft Word Амиров Elektr o`lchashlar doc



Download 12,37 Mb.
bet49/96
Sana04.03.2022
Hajmi12,37 Mb.
#482406
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96
Bog'liq
Амиров-Elektr-o-lchashlar

O‘zgarmas kuchlanishni bevosita o‘lchashda magnitoelektrik voltmetrlar keng qo‘llaniladi. Ular yordamida 600 V gacha bo‘lgan kuchlanishni o‘lchash mumkin. O‘lchash diapazonini kengaytirish maqsadida qarshiliklar ishlatiladi. 300 V gacha o‘zgarmas kuchlanishni o‘lchashda ayrim hollarda elektrodinamik voltmetrlar qo‘llaniladi. Ammo bu asboblarning aniqligi yuqori bo‘lsa ham, sezgirligi past va quvvat iste’moli ko‘p.
O‘zgarmas tok zanjirida tokni bilvosita o‘lchashda kompensatorlar ishlatiladi.
3.3 - rasmda Toshkent politexnika institutida prof. Zaripov M. F., dotsentlar Axrarov N. A. va Qo'rg'onboyeva S. Yu. tomonidan taklif etilgan va o'zgarmas tokni o'lchashda qo'llaniladigan kompensator hamda undagi Xoll elementlarining konstruktiv ulanish sxemalari keltirilgan. Kompensator magnit o'tkazgich 1, ko'zg'atish chulg'ami 2, Xoll elementlari 3,4,5 va

3.3 - rasm
qo'zg'aluvchan qisqa tutashtirilgan chulg'am vazifasini bajaruvchi mis xalqa - ekran 6 dan tashkil topgan (3.3 - rasm, a). Xoll elementi 3 ning tok qismalariga qiymati o'lchanishi lozim bo'lgan tok Ix , Xoll elementlari 4 va 5 ning tok qismalariga esa qiymati stabil bo'lgan kompensatsiyalovchi tok Ik beriladi. Xoll elementlari 4 va 5 ning potensial qismalari o'zaro ketma-ket va qarama-qarshi ulangan bo'lib, ularda hosil bo'ladigan ek sinusoidal signal Xoll elementi 3 potensial qismalaridagi ex sinusoidal signal bilan taqqoslanadi(3.3 - rasm, b). Bunda: Ex ~ КI x (Ф1 Ф2 ) va Ek~  2КIk Iqwqgx, bu yerda К - Xoll elementlari koeffitsiyenti, Ф1, Ф2 - qo'zg'atuvchi chulg'am tokining magnit o'tkazgichda hosil qilgan magnit oqimlari.
E Ex~ Ek ~ farq faza sezuvchan kuchaytirgichning kirishiga beriladi.
Kuchaytirilgan signal reversiv dvigatel (RD) ga uzatiladi. RD kompensator qo'zg'aluvchan qismi - ekran 6 ni to Е signal nol bo'lgunga qadar u yoki bu tomonga siljitadi. Ekranning koordinatasi x ning qiymati o'lchanayotgan Ix tokka proporsional bo'ladi.
Kompensatorning asosiy texnik xarakteristikalari quyida keltirilgan: Maksimal siljish Xm 125 mm
Qo'zg'atuvchi chulg'am o'ramlar soni wk 500
Qo'zg'atuvchi chulg'amga berilgan kuchlanish Uk 6.3 V
Sezgirlik 6.0 mm mA
Geometrik o'lchamlari 300x50x25 mm3
Massasi 1,0 kg
X f (I x ) statik xarakteristikasining
nochiziqlilik darajasi 0,5 %
Ushbu kompensator nisbatan kichik toklarni yuqori aniqlik bilan o'lchash imkoniyatini beradi.
O‘zgarmas kuchlanishni aniq o‘lchash talab qilinganda, kompensator va raqamli voltmetrlardan foydalaniladi.
Bir necha voltdan yuzlab kilovoltgacha kuchlanishni o‘lchashda elektrostatik voltmetrlar qo‘llaniladi. Bu asboblarning sezgirligi past, quvvat iste’moli kam. 0,05; 0,1; 0,2 aniqlik klassiga ega bo‘lgan asboblarning narxi balandligi tufayli ular kam ishlab chiqariladi.
3.1.2. O‘zgaruvchan tok zanjirida o‘lchashlar
O‘zgaruvchan tok zanjirida kuchlanish va tokning o‘rtacha, maksimal va
U
ksh  
ta’sir etuvchi qiymatlari o‘lchanadi. Bu uchala qiymat o‘zaro shakl Uo r
Um 

va U amplituda koeffitsiyentlari orqali bog‘langanligi sababli, ulardan faqat bittasini o‘lchash kifoya. O‘rtacha qiymatni o‘lchashda to‘g‘rilagichli, elektron va raqamli asboblar qo‘llaniladi.
Sinusoidal tok zanjirlarida tok va kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymatlarini o‘lchashda elektromagnit, elektro va ferrodinamik, elektrostatik (faqat voltmetrlarda) va termoelektrik asboblar qo‘llaniladi.
O‘lchash diapazonini kengaytirish uchun o‘lchash transformatorlari qo‘llaniladi.
Elektrostatik asboblarga esa shu maqsadda kondensator ulanadi. Bunda transformatorlarning aniqlik klassi va asbobning ikkilamchi chulg‘amining maksimal qarshiligi asbob chulg‘amining qarshiligidan kichik bo‘lmasligi kerak.
Yuqori aniqlikda o‘lchashlarni bajarish uchun kompensatordan foydalaniladi. Ma’lumki, kompensatorning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan kattalikni avvaldan ma’lum bo‘lgan kattalik bilan taqqoslashga asoslangan. Aniqligi 0,01.
Bunda kompensatorning o'lchash aniqligi unda qo'llaniladigan kompensatsiyalovchi elementning aniqligi bilan belgilanadi. 3.4 - rasmda Toshkent politexnika institutida prof. Zaripov M.N. va dots. Qurbonov T.M. tomonidan tavsiya etilgan ko'p o'ramli kontaktsiz kompensatsiyalovchi elementning konstruktiv sxemasi keltirilgan. Kompensatsiyalovchi element Ш - simon po'lat tunukalardan

3.4 - rasm
yig'ilgan berk magnit o'tkazgich 1, uning ikkita chet sterjenlarining o'rtasida mahkamlangan halqasimon tunukalardan yig'ilgan magnit o'tkazgich 2, o'rta sterjenga kiydirilgan qo'zg'almas halqasimon magnit o'tkazgich 3, 2 va 3 magnit o'tkazgichlar orasiga joylashtirilgan va aylanish imkoniyatiga ega bo'lgan halqasimon magnit o'tkazgich 4, ikkita 5 va 6 seksiyali qo'zg'atish chulg'ami, magnit o'tkazgich 4 aylanganda maxsus roliklarda harakatlanuvchi chizg'ich 7 yordamida ishchi g'altak 8 ga o'raladigan qo'zg'aluvchan o'lchash chulg'ami 9 va magnit o'tkazgich 4 ni aylantiruvchi maxsus tishli g'ildirak 10 va 11 dan tashkil topgan.
Ko'p o'ramli kontaktsiz kompensatsiyalovchi element quyidagicha ishlaydi. Qo'zg'atish cho'lg'amiga sinusoidal tok berilganda yo'nalishlari - rasmda ko'rsatilgan magnit oqimi hosil bo'ladi. Bu oqimning vaqt bo'yicha o'zgarishi natijasida o'lchash cho'lg'ami 9 ning chap va o'ng seksiyalarida elektromagnit induksiya qonuni asosida EYuKlar hosil bo'ladi. Chap va o'ng seksiyalardagi o'ramlar soni teng bo'lganda ular o'zaro ketma-ket va induktiv jihatdan qaramaqarshi ulanganligi sababli kompensatsiyalovchi elementning chiqish signali nolga teng bo'ladi. Magnit o'tkazgich 4 tishli g'ildirak 10 va 11 lar yordamida aylantirilganda o'lchash chulg'ami simlari uning bir seksiyasi(masalan, chap)dan yechilib, rolikka o'rnatilgan chizg'ich orqali ikkinchi (o'ng) seksiyaga o'raladi. Natijada seksiyalardagi o'ramlar soni o'zgaradi va kompensatsiyalovchi element chiqishida undagi aylanuvchi qism burilish burchagiga proporsional bo'lgan signal hosil bo'ladi. Magnit o'tkazgich 1 parallel sterjenlarining magnit qarshiliklari hisobga olinmaganda bu EYuK quyidagicha aniqlanadi:
X ì 
E  j2wo'ñhUê ,
Zì
bu yerda - manba kuchlanishining o'zgarish chastotasi; wo'сh - o'lchash chulg'ami o'ramlar sonining solishtirma qiymati; Uк - qo'zg'atish chulg'ami hosil qilgan MYuK; Z - ishchi magnit oqimi yo'lidagi havo oraliqlarining magnit qarshiligi; X м - o'lchash cho'lg'ami bitta seksiyasining undagi o'ramlar soni maksimal bo'lgandagi uzunligi; , м - kompensatsion element aylanuvchan qismi burilish burchagi va uning maksimal qiymati.
Ko'rib chiqilgan kompensatsion element ish rejimiga tashqi magnit maydonining ta'siri kamligi va aylanuvchan qism diapazonining kengligi (50 va undan ham ortiq aylanishlar) sababli o'zgaruvchan tok kompensatorlarida keng qo'llaniladi.
Yuqori chastotali sinusoidal tok va kuchlanishlarni o‘lchashda to‘g‘rilagich sxemali, issiqlik, elektron va raqamli asboblardan foydalaniladi.
Тok va kuchlanishning oniy qiymatlari qayd qiluvchi o‘ziyozar asboblar, yorug‘ nurli yoki elektron nurli ossillograflar yordamida o‘lchanadi.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish