Elektron nurli trubka(ENТ) – ossillograflarning o‘lchash qismi bo‘lib, unda o‘rganilayotgan signal ko‘zga ko‘rinadigan tasvirga aylantiriladi. ENТ konussimon yoki to‘g‘ri burchakli ballon bo‘lib, ichidagi havo butunlay so‘rib olinadi. Ekran qismi lyuminofor qatlami bilan qoplangan bo‘lib, elektron oqimi ta’sirida yorishadi.
2.55 - rasm. Elektron nurli ossillograflarning struktura sxemasi. KVy – Y kirish kuchlanish bo‘lgichi; KVx – X kirish kuchlanish bo‘lgichi; G – generator; Ky – Y
kirish kuchaytirgichi; Kx – X kirish kuchaytirgichi; ENT – elektron nurli trubka. 1– cho‘g‘lanish tolasi; 2–katod; 3–modulyator; 4–fokuslovchi elektrod; 5–anod; 6– gorizontal elektrodlar; 7–vertikal elektrodlar; 8–ikkinchi anod.
Elektron nurlari ikki juft plastinalar (elektrodlar 6 va 7) yordamida boshqariladi (2.55 - rasm).
Ekrandagi nur holatini o‘zgarishining shu o‘zgarishni yuzaga keltirgan elektrodlardagi kuchlanish o‘zgarishiga nisbati ENТ ning sezgirligi deb ataladi S h U/
. Zamonaviy ENO da sezgirlik 0,1 mm/V gacha yetadi. ENТ ning muhim
parametrlaridan biri – elektron nurlarga ta’sir to‘xtagandan keyin ekrandagi tasvir yoritilganligining 1 foiz kamayishiga ketgan vaqt oralig‘idir. ENO da bu vaqt 0,01 sekunddan 0,1 sekundgacha bo‘lishi mumkin.
Vertikal og‘ish kanali ekranda tasvirlangan axborotga har xil ishlov berish vazifasini bajaradi.
Gorizontal kanal nurni ekran bo‘ylab bir tekis siljishini ta’minlaydi.
2.5.4. Mikroprotsessor bilan boshqariladigan o‘ziyozar asboblar
O‘YoA ning istiqbollari mikroprotsessorlardan foydalanish bilan bog‘liq. So‘nggi yillarda mikroprotsessorlar elektron nurli ossillograflarning texnik imkoniyatlarini kengaytirishda qo‘llanib kelinyapti. Ossillograflarning ba’zi konstruksiyalari mikroprotsessorlar o‘lchash jarayonini boshqarish uchun qo‘llanilgan bo‘lsa, boshqalaridan o‘lchash va natijalarga avvaldan belgilangan dastur bo‘yicha ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Mikroprotsessorlar asosida raqamli xotiraga ega bo‘lgan ossillograflar yaratilgan. Mikroprotsessorli elektron nurli ossillograflarning barcha operatsiyalari dasturlangan mikroprotsessor sistemasidan boshqarilib turiladi, shuning uchun ulardan raqamli xotiraga ega bo‘lgan asbob sifatida foydalanish mumkin. Bir necha jarayonlarni tadqiq etish uchun ko‘p nurli ossillograflar ishlatiladi.
Ossillografda turli qiymatdagi kuchlanish va vaqt intervallarini o‘lchash uchun vertikal yoki gorizontal yoyish koeffitsiyentlari qayta ulagichlar yordamida tanlab olinadi.
3- laboratoriya ishi
Elektron ossillograf yordamida elektrik kattaliklarning o‘zgarishini kuzatish va ularni o‘lchash.
O‘z-o‘zini sinash savollari
Elektr ommetr sxemasidan foydalanib, uning ishlashini tushuntirib bering.
O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok elektron voltmetr blok-sxemasidan foydalanib, uning ishlashini izohlang.
Elektron chastotomerni sxemasi bo‘yicha ishlashini bayon eting.
Elektron nurli ossillografning struktura sxemasini bayon eting va ishlashini tushuntirib bering.
Mikroprotsessor bilan boshqariladigan o‘ziyozar asboblar qanday tarkibiy qismlardan iborat? Uning ishlashini bayon eting.
2.6. Raqamli o‘lchash asboblari
2.6.1. Raqamli o‘lchash asboblari haqida umumiy ma’lumotlar
Raqamli o‘lchash asboblari (RO‘A) – bu o‘lchash signali avtomatik ravishda hosil qilinadigan va ko‘rsatish raqam shaklida bo‘lgan o‘lchash asbobidir. RO‘A ning ishlashi o‘lchanayotgan uzluksiz, ya’ni analog kattalikni unga proporsional bo‘lgan diskret kattalikka o‘zgartirishga asoslangan.
Ishlash asosiga va konstruktiv tuzilishiga ko‘ra RO‘A elektromexanik va elektron RO‘A ga bo‘linadi.
RO‘A ning ishlash asosini uning umumlashgan struktura sxemasidan ko‘rish mumkin (2.56 - rasm).
O ‘lchanayotgan kattalik (X) kirish qurilmasi (KQ) da masshtablanadi va analog raqamli o‘zgartkich (ARO‘) da kodga aylantiriladi. Bu kodlar raqamli ko‘rsatish qurilmasi (RKQ) da o‘nli sonlar ko‘rinishida ifodalanadi.
2.56 - rasm. Raqamli o‘lchash asbobining tuzilish sxemasi.
Boshqarish sxemasi (BS) barcha bloklarni boshqaruv signallari bilan ta’minlab turadi.