www.ziyouz.com
kutubxonasi
26
Joyimda o’tirib qoldim. Yig’layotgan faqat ko’zlarim emasdi, yuragimning har nuqtasi
yonar, o’rtanar edi. Imom afandi sandiqni ochdi. Ichida ikkita kitob.
-Bittasi Qur’oni karim, -dedi imom afandi. Juda ham eski ekan. Ikkinchisi “So’zlar”nomli
kitob. Onam aytgan ikki omonat shularmikin? Katta sovg’a bo’ldi. To’g’risi buni
kutmagandim. Chunki bunaqa narsalarga beparvo edim. Endi esa…Onamning
omonati…Ular men uchun naqadar qimmatli … Imom afandi Said Nursiyni ta’riflay ketdi:
-O’lkamizdan chiqqan mashhur olim, yaxshi murabbiy, -dedi Kitoblari butun dunyoda
qiziqish uyg’otgan. Yoshlar bu kitoblardan qidirgan narsalarini topishadi.
Umid qilamanki, men ham topaman. Chunki mening ham qidirgan narsalarim ko’p…
Imom afandi – huquqshunos
Imom afandi davom etdi:
-Men huquq fakultetida o’qiyotgan paytlarimda tanishgan edim. Ko’p foyda oldim.
Dunyoqarashim kengaydi. Qalbimdagi shubha va andishalar ketdi.
To’xta, to’xta…Demak, Imom afandi – huquqshunos. Buni qarang. Ham imom, ham
huquqshunos. , shu qadar nazokatli va mehribon inson. Hecham tushunolmayman,
ba’zan asabiylashaman ham. Bu dindorlar meni ko’p ajablantirishadi. Goho mutaassib
odam maktabni tark etib, qizlar oviga chiqadi. Menga shu holni tushuntirib bering-chi…
Imomning rafiqasi kun bo’yi meni tashlab ketmadi. Butun mehribonchiligni va
muhabbatini berib men bilan ko’p suhbatlashdi. Imom afandi, bilimdon, madaniyatli
kishi edi. Hamma u kishidek bo’lsa, na dahriylik na jamiyat muammolari bo’lardi.
Ruhiyatshunos kabi insonni o’ziga yaqin olar, muammolarimni iliqlik bilan tinglar, chuqur
o’ylab, qo’rslik qilmay javob qilardi. Bu usulga faqat imomlar emas, balki
o’qituvchilarning ham ehtiyoji bor. Agar o’qituvchilar bola va o’smir ruhiyatini bilsalar
edi, hech kim maktabdan qochmas edi. Hech kim o’qishga yoshlikdan behafsala
bo’lmasdi. Kaltak bilan, tahdid bilan insonni tarbiya qilib bo’ladimi? Avvalo, bolaning,
o’smirning qalbiga kirib, uning mehrini qozonish yo’llarini o’rganishsa, muammo
qolarmidi…Xuddi imom afandi kabi… Suhbat davomida biroz asabiylashdim:
-Johillar, eraksionerlar va eski odamlar bizlarni shu ko’yga solishdi. O’z holimizhca
yashashga qo’yishmadi, -dedim.
Men dindor odamalrni ayblamoqchi emasdim. Ammo meni noto’g’ri tushunishdi. Imom
afandi ayoliga bir qarab oldi. Lekin ikkisi ham javob bermadi. Biroz tortinishdi. Men xato
qilganimni angladim. Tuzatmoqchi bo’ldim, lekin nimadan so’z boshlashni bilmasdim.
Imom afandi o’ta nazokat bilan:
-Aysel, qizim, senga bir nima deyishga haqqim yo’q, -dedi Bizlar aybdormiz, to’g’ri
gapirding. Biz dindoalr har bir harakatimiz bilan boshqalarga o’rnak bo’lishimiz kerak.
Bizlar ko’p bilgan, ko’p o’qigan to’g’ri yo’lni ko’rsatuvchi insonlar bo’lishimiz lozim. Imom
afandi o’ta kamtar kishi edi. Shu bois men battar tortinar edim. Men mahmadonalik qilib
qo’ydim. Uyida mehmon bo’l, senga bag’rini, ko’nglini ochsin-u, sen uni “aqidaparast”,
”reaksioner” deb aybla. Bu qnaday bedodlik…Gar u oddiy qo’pollik bo’lsa ham…Bunday
qilish hech mumkin emasdi. Bu mening telbaliklarimdan biri, xolos. Onamning
omonatlarini olib ketishga jasorat qilolmadim. To’g’rirog’I, o’zimni munosib ko’rmadim.
Mendek nopok, gunohga botgan, or-nomusi toptalgan bir qizning Qur’oni karimni olib
ketishga haqqi yo’q. Imom afandidan iltimos qildim. U kishi ularni qabul qildi.
-Sneda qolsa, juda yaxshi bo’lardi, senga kuch bag’ishlardi, tayanch bo’lardi, -dedi,
ammo men bunaqa qiz emasdim. Meni kuzatib qo’yishdi. Bir vaqt Imom afandining ayoli
sumkamga qo’l solgandek bo’ldi. Bu ham Onado’liga xos nazokat edi. Keyin qarasam,
biroz pul slogan ekan. Ikki enlik xat ham bor:”Biz seni juda yoqtirib qoldik. Sen
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
Do'stlaringiz bilan baham: |