Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com
kutubxonasi
48
inson faqat moddadan iborat bo’lsa edi, o’limi yaqinlashgach, ortadigan fiziopatologik
jarayonlar iztirobi, nafas olish og’irlashuvi kuchayib, inson kuchli og’riqlar girdobida
qolgan bo’lardi. Ammo hayotda buning teskarisi kuzatiladi. Ysira kutilmagnda bemorning
ahvoli vaqtincha bo’lsa ham bir oz o’nglanadi. Bu payt inson tanasidagi ruhning so’nggi
kuchi yuzaga chiqadi. Haqiqatdan ham o’lim go’yo tug’ilishdek bir hodisadir. Bu sirni
bizga bildirish uchun Alloh o’lim yengillashuvini beradi. Bunday daqiqalrda o’lim
yengillashuvidan tashqari og’riq sezmaganlarda ham ongli ravishda hushyorlik bo’ladi.
Uzoq hayot sahifalari bir-bir ochiladi. Yangi bir dunyo eshigi oldida go’ro boqiy
dunyoning muqaddimasi boshlanadi. Ong eng muhim soz’larni so’nggi nafaslarda arz
etadi. Agar o’lim insonning nihoyasi bo’lsaydi, buning butunlay teskarisi kuzatilgan
bo’lardi.
Halokati yaqin qolgan tana mazmun mohiyatini yo’qotadi. Ruh esa o’lim yengillashuvi
bilan go’yo yangilangandek bo’ladi. Bu ruhning borligi, o’limning hayot nihoyasi emas,
bir o’zgarish ekaniga dalildir. Yana ham muhimi, o’lim oldidan insonning haqiqatga,
adolatga yaqin bo’lish hikmatidir. O’limi yaqinlashganda ko’p chilik adashganlar yo’lidan
qaytib, yaqinlariga jiddiy haqiqatlarni gapirishi ko’p uchraydi. Insonning faqatgina
moddiy mavjudot emasligi juda muhimdir. U ba’zi hodisalarni oldindan sezadi. Bu tuyg’u
hammada uchraydi. Faqat bu tuyg’uni amalda, moddiy holatda izohlash mumkin emas.
Chunki dunyoviy voqealar vaqt bilan chegaralangan. Ilohiy voqealarda esa vaqt
cheksizdir. Folbinlik bilan bashoratni ajrata bilish kerak. Ruhiyatga bag’ishlangan
kitoblarda zobitlarga oid minglab voqealar bor. Bular orasida samolyot falokatlarini
oldindan sezganlar, urushlarda o’limi yaqinlashganini bilganlar ko’p bo’lgan. Sog’liqdan
muammosi bo’lmaganlarning o’lim haqida xabar berish hollari ko’p uchraydi. Janobi Haq
o’lim yengillashuvi bilan quliga so’nggi imkoniyatni beradi.
Bularning ko’pi mo’jiza edi. Abrinur xonim Amina xonimni bu izohlarini davom ettirdi.
Ayselning og’riqlari to’xtab, o’ziga kelgach, bizlarni hayratga slogan o’zgarish ro’y berdi.
“Suv olib keeling, tahorat olaman”, dedi u. “Mehmonlarim keladi, ularni tahoratli kutib
olishim kerak”. Tahorat oldi. Ammo biz bilan umuman qiziqmadi. U endi boshqa bir
olamning vakilidek, nigohi, harakatlari bizga noma’lum narsalarga qaratilgan edi.
“Qara”, -dedi. “Azon o’qish boshlandi. Bu men uchun o’qilyapti. Menga “tayorlan’, deya
xabar berishyapti”. Tabiiyki, bzi azonni eshitmasdik. Ammo Aysel dunyoni tark etgan,
boshqa bir olamda yashay boshlagandi. U ko’p narsalarni ko’rar, eshitar, ammo uning
ko’rayotganlarini biz ko’rmasdik. O’girildi, tiz cho’kdi, qo’llarini tizzaga qo’yib katta
ishtiyoq bilan azonning tugashini kutdi. “Azon tugadi”, dedi. “Endi meni olib ketishga
kelishadi”. O’zining haqqiga duo qila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: