Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
264
Ba’zilar xusumatdan ko‘ra dinni ketkizuvchi, muruvvatni noqis,
lazzatni zoe qiluvchi va
qalbni mashg‘ul etuvchi narsani ko‘rmadim, deb aytishgan. Agar kishi haqqini saqlab
qolish uchun xusumat qilishga majbur bo‘lsa, bunga javob imom G’azzoliyning quyidagi
so‘zlaridir: «Botillik yoki ilmsizlik ila bo‘lgan xusumat yomon ko‘rilgan. Xuddi qozining
vakiliga o‘xshash. Chunki u qaysi tomon haq ekanini bilishdan
oldin xusumatda vakil
bo‘ladi. Bu vakil ilmsiz xusumat qiladi. Va yana haqqini talab qilib, ehtiyoji qadricha
kifoyalanmagani ham yomon xusumatlardandir. Balki u xusumatda hukmron bo‘lish
uchun dushmanlik va yolg‘onni zohir qiladi. Haqqini ko‘lga kiritishda hojat tushmaydigan
aziyat beruvchi kalimalarni xusumatda aralashtirish ham yomon xusumatdir.
Va yana
xusumatchisining shikast yetkazishi va bo‘ysundirish uchun sof qarshilik ko‘rsatishi ham
xusumatlarning yomonidir. Ammo mazlumning shar’iy yo‘l bilan, dushmanliksiz,
chegaradan chiqmasdan, shovqinsiz,
qarshiliksiz, aziyat bermasdan o‘z hujjatini oliy
qilmog‘i harom emas. Lekin uni qilmaslikka yo‘l topsa, tark qilgani afzaldir. Chunki
xusumat paytida tilni mo‘‘tadil holatda ushlab turish uzrlidir. Xusumat esa qalbda
dushmanlik tuyg‘usini
keltirib, g‘azabni qo‘zg‘aydi. Agar g‘azab qo‘ziydigan bo‘lsa,
ikkovlari oralarida gina hosil bo‘ladi-da, ikki tomon ham bir-biriga yetgan yomonlikka
xursand va yaxshilikka xafa bo‘ladi. Va tilini uning obro‘sini to‘kish uchun ishlatadi.
Kimki xusumatga kirishsa, mana shu ofatlarga yo‘liqadi. Bu ofatlarning eng ozi qalbini
mashg‘ul qilib, namozda ham fikri xusumatga bog‘liq bo‘ladi,
istiqomatdagi holatidan
biror narsa qolmaydi. Xusumat yomonlikning boshlanishidir. Shu singari tortishish va
bahslashishlar ham. Xusumat eshiklarini ochmaslik lozim. Faqatgina chorasiz qolib,
zarurat tug‘ilgandagina joiz. Ushanda ham tilini va qalbini xusumat ofatlaridan
saqlamoqligi darkor.
967/34. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Xusumatchi bo‘lib yurishing gunohkor ekanligingga kifoya qiladi», dedilar. Imom
Termiziy rivoyatlari.
Ali (r.a.): «Xusumatchi uchun halokat bordir», dedilar.
So‘zda
maydakashlik bilan, ba’zi fasohatchilar odatlanganlaridek, uzaytirib saj-qofiyalar
ila va fasohat-jimjimador muqaddimalar hamda bezakli so‘zlar ila gapirish ham karih
ko‘rilgan xislatlardandir. Shu singari saj (qofiya)da va e’roblarning
noziklarida hamda
avomga qilinayotgan xitobda qiyin lug‘atlarni iste’mol qilish ham karih ko‘rilgan. Balki
xitob qilayotganda kishilarga og‘ir bo‘lmaydigan va tushunarli lafz ila xitob qilmoq lozim.
968/35. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Albatta Alloh taolo xuddi sigir tilini bezaganidek tilini bezab so‘zamol -notiq
bo‘lgan kishilardan g‘azablanadi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
969/36. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sinchkov, injiq kishilar halok bo‘lishdi», deb uch marta aytdilar.
Imom Muslim
rivoyatlari.
970/37. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga
mahbublaringiz va Qiyomat kunida majlis jihatidan yaqinlaringiz axloqi yaxshilaringizdir.
Menga yomon ko‘rilganlaringiz va Qiyomat kunida mendan uzoqlaringiz sergap-
ezmalaringiz, axloqsiz so‘zlarni so‘zlovchilaringiz va mutafayqihlardir», dedilar. Shunda