bilan birga tuting!» deb aytgan (Kahf surasi, 28-oyat). Va yana: «Mo‘minlar
uchun qanotingizni past tuting», deb aytgan (Hijr surasi, 88-oyat).
933/1. Oiz ibn Amrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Abu Sufyon (islomga kirmasidan
oldin) Salmon, Suhayb, Bilol va bir necha boshqa sahobalar huzurlariga kelganida, Ular
«Allohning qilichi Allohning dushmanining gardanidan olmadi-da», deyishdi. Abu Bakr
(r.a.): «Bu so‘zni Qurayshning shayxi va sayyidi (Abu Sufyon)ga nisbatan
ishlatasizlarmi?» deb va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, buning
xabarini berganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Bakr, ularni
g‘azablantirgan bo‘lishing mumkin. Agar shunday bo‘lsa, Rabbingni g‘azablantirgansan»,
dedilar. Abu Bakr (r.a.) ularning huzurlariga borib, «Ey birodarlar, sizlarni
g‘azablantirdimmi?» deganlarida, sahobalar: «Io‘q», deyishdi. Imom Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |