www.ziyouz.com kutubxonasi
259
Fasl: Kofir bo‘lib o‘lgan kishiga mag‘firat tilab duo qilmoq haromdir. Bu haqda Alloh
taolo: «Na payg‘ambar va na mo‘minlar - agar mushriklar qarindoshlari bo‘lsa
ham -ularning do‘zax egalari ekanliklari aniq ma’lum bo‘lganidan keyin u
mushriklar uchun mag‘firat so‘rashlari joiz emasdir», deb aytgan (Tavba surasi,
113-oyat).
Fasl: Shar’iy sababsiz musulmonni so‘kishga ijozat berish haromdir:
952/19. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmonni so‘kishlik fosiqlikdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Abu Xurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki
so‘kuvchining boshlovchisiga gunoh bo‘ladi, agar mazlum haddan oshmasa», dedilar.
Imom Muslim, Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari.
Fasl: Odatda iste’mol qilinadigan yomon lafzlar - kishi xusumatchisiga «ey eshak», «ey
axmoq», «ey it» va shunga o‘xshashlarni aytmoqlikdir. Bu ikki jihatdan qabihdir.
Birinchidan, u so‘z yolg‘ondir. Ikkinchidan, aziyat berishdir. Ammo zolim, deyish unday
emas. Xusumatlashuvchiga zaruratdan ruxsat etilgan. Chunki u ko‘pincha rost ham
bo‘lib chiqadi. Kamdan-kam insonlargina o‘z nafslariga zulm qilmaydilar.
Fasl: Nahhosning aytishlaricha, ba’zi ulamolar: «Men bilan birga Allohdan boshqa biror
maxluqot yo‘q edi», deb aytmoqni karih ko‘rishdi. Bu yerda karih ko‘rilishdan sabab
lafzning yoqimsizligidandir. Aslida, arab tilidagi istisno qoidasi yuqoridagi so‘zga ulashni
iroda etadi. Bu yerda u narsa maholdir. Endi bu istisnodan murod yuqoridagi so‘zdan
uzishni iroda etadi. Ya’ni, so‘z zamirida «Alloh men bilan birga edi», degan tushuncha
olinadi. Bu Allohning so‘zidagi «... va u (Alloh) sizlar bilan birgadir», degan oyatidan
olingan». Buning o‘rniga «Men bilan Allohdan boshqa hech kim yo‘q edi», deb aytmog‘i
lozim bo‘ladi. Va yana «Allohning ismiga o‘tir», deb aytmoq karih ko‘rildi. Balki buning
o‘rniga «Allohning ismi bilan o‘tir», deyiladi.
Fasl: Nahhos ba’zi salaflardan hikoya qilib quyidagilarni aytganlar: «Ro‘zador kishining
«Og‘zimdagi mana bu tamg‘a haqqi», deb aytmoqligi ham karih ko‘rilgan. Chunki
kofirning og‘ziga tamg‘a qilinadi, deb hujjat qilindi. Endi bu hujjatga nazar solmoq lozim.
Chunki unda Allohdan boshqa ila qasam ichilyapti». Bundan man qilinganligi haqida
kelgusi boblarda, inshaalloh, tanishamiz. Bu - yuqorida zikr qilganimizdek, Allohdan
o‘zga ila qasam ichilganligi hamda hojatsiz ro‘za izhor qilinganligi sababli makruhdir.
953/20. Abdurazzoq Ma’mardan, u Qatodadan, yoki boshqasidan, u Imron ibn
Xusayndan (r.a.) qilgan rivoyatda bu zot: «Biz johiliyatda «Alloh ko‘zingni doim sevgan
kishingga tushadigan qilsin!» va «Xayrli tong», deb aytar edik. Qachonki, Islom
kelgandan keyin bunday deb aytishlikdan man qilindik», deb aytdilar Abu Dovud
rivoyatlari.
Abdurazzoq va Ma’mar: «Kishi «Alloh ko‘zingni doim sevgan kishingga tushadigan
qilsin!» deb aytmog‘i makruh, lekin «Alloh ko‘zingni xayrli qilsin», deb aytishning zarari
yo‘q», deb aytishdi.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |