Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
248
323-bob Shariat zohirida sobit bo‘lgan nasabni haqoratlashdan qaytarish
to‘g‘risida
Alloh taolo Al-Isro surasining 36-oyatida:
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan
narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har
bir inson) mas’ul bo‘lur», deb aytgan.
909/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kishilar
orasida ikki toifa borki, ularda kufrlik bor:
biri nasabni haqorat qilish,
ikkinchisi
o‘lganga yig‘lash», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: