292-bob Moli yoki boshqa narsasini taqdim etganga duo qilishning mahbubligi
to‘g‘risida
826/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sahobalar Madinaga kelishganida Abdurahmon
ibn Avf (r.a.) ansorlardan Sa’d ibn Robiy’ning uyiga tushdilar. Sa’d ibn Robiy’ (r.a.):
«Molimda seni sherik qilib, xotinlarimdan birini senga beraman», deganida, Abdurahmon
ibn Avf (r.a.):
«Barokallohu laka fiy ahlika va malika», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Alloh ahlingga-yu
molingga va o‘zingga baraka bersin».) Imom Buxoriy rivoyatlari.
293-bob Zimmiy musulmonga yaxshilik qilganida unga aytiladigan zikrlar
Unga mag‘firat tilab duo qilish joiz emas. Lekin hidoyat, sog‘lik va ofiyat tilab duo qilsa
bo‘ladi.
827/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv talab
qilganlarida bir yahudiy suv ila siyladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
«Jammalakallohu», («Alloh seni chiroyli qilsin»), dedilar. Haligi yahudiyning sochi
o‘lgunicha oqarmadi. Ibn Sunniy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |