Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
172
217-bob Salom beriladigan va berilmaydigan, alik olinadigan va olinmaydigan
kishilar haqida
Bilingki, fosikdigi va bid’atchiligi ila mashhur bo‘lmagan musulmon kishiga salom beriladi
va salomiga alik olinadi. Ya’ni,
salom berish sunnat, alik olish vojibdir.
623/1. Asmo binti Yaziddan rivoyat qilinadi: «Biz ayollar bilan turganimizda, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam oldimizdan o‘tib bizga salom berdilar». Abu Dovud va Termiziy
rivoyatlari.
Ammo Termiziy
rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
kunlarning birida masjid yonidan o‘tayotganlarida, bir necha ayollar o‘tirishgan edi.
Ularga ko‘llari ila ishora qilib salom berdilar.
624/2. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
ayollar oldidan o‘tib, ularga salom berdilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
625/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bizda bir ayol bor edi (boshqa rivoyatda
boshqacha keltiriladi: «Bizning bir (tanish) kampirimiz bo‘lib...»),
u lavlagini olib kelardi-
da, qozonga solib arpaning maydalangani bilan aralashtirib qo‘yar edi. Biz har gal
jumani o‘qib qaytayotganimizda, unga salom berar edik. U bizga haligi taomni tortiq
qilar edi». Imom Buxoriy rivoyatlari.
626/4. Ummu Hone’ binti Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Fath
kuni Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borsam, u zot g‘usl qilayotgan ekanlar. Fotima
(r.a.) esa (parda bilan) to‘sib turgan ekanlar. Bas, men salom berdim...» deb hadisning
qolganini zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Fasl: Zimmiyga salom berilishi haqida ixtilof qilingan. Ularga salom berishni qat’iy joiz
emas, deganlar.
Boshqalar esa harom emas, balki makruhdir, deyishgan. Agar zimmiy
kishi musulmonga salom bersa, musulmon javob berishda faqat «Vaalaykum» deydi.
Undan boshqasini ziyoda qilmaydi.
Qozi Morudiyning fikrlaricha, ularga salom berish joiz. Faqat musulmon kishi «Assalomu
alaykum»,
deb aytmay, balki «Assalomu alayka», deb, ya’ni birlik lafzi ila aytadi. Alik
olishda «Vaalaykum assalom», deydi. Lekin «...va rohmatulloh»ni qo‘shmaydi, deb
aytganlar. Bu ikki fikrlari qoidadan tashqari bo‘lib, rad qilingan.
628/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar
sizlarga ahli kitoblar salom berishsa, ularga «Va alaykum», deb aytinglar», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
629/7. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar
sizlarga yahudiylar salom berib, «As-somu alaykum» (ya’ni, senga o‘lim), desa,
«Vaalayka» (ya’ni, senga ham), deb ayting», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Bu
hatsda zikr qilganimizga o‘xilash hadislar ko‘pdir.
Abu Sa’d Mutavalliyning aytishlaricha, bir kishiga musulmon
deb gumon bilan salom
berilsa-yu, uning kofirligi ravshan bo‘lsa, salomini qaytarib olmoqligi mustahabdir.