214-bob Salomni lafz qilmasdan, qo‘l bilan ishora orqali berishning karohiyati
xususida
611/1. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Uzini boshqalarga o‘xshatgan kishi bizdan emas. Uzingizni
yahudiy va nasorolarga o‘xshatmangiz. Chunki yahudiylar salomi - barmoq bilan ishora
qilish. Nasorolar salomi esa - kaft bilan ishora qilish», dedilar. Imom Termiziy zaif isnod
ila rivoyat qilganlar.
612/2. Ammo Termiziy kitoblarida Asmo binti Yaziddan qilingan rivoyatda «Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida masjid oldidan o‘tdilar. Bir qancha ayollar
o‘tirishgan edi. U zot qo‘llari bilan ishora qilib, salom berdilar».
Bu hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam lafz ila ishorani jamladilar. (Agar
jamlasa joiz, deganidir).
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |