MUSOFIRLIKDAGI ZIKRLAR KITOBI
Bilingki, kecha va kunduzda hamda turli holatlarda muqim uchun mahbub bo‘lgan zikrlar
musofir uchun ham mustahabdir. Lekin musofirga bulardan tashqari biroz qo‘shimcha
zikrlar ham bordir. Bu bobda ana shu qo‘shimchani zikr etishni maqsad qilganman. Bu
bob katta bo‘lgani uchun qisqartirib, munosib boblarga ajratishni ixtiyor etdim. Buni
bajarishda Allohdan yordam so‘rab, Unga tavakkal qilaman.
167-bob Istixora va mashvarat bobi
Bilingki, kim safar qilishga shaylansa, holini tushunadigan, dini va ma’-rifati ishonchli
kishidan nasihatini olib, tajribasini o‘rganib, maslahat-lashmog‘i lozim. Zero, Alloh taolo
Oli Imron surasining 159-oyatida: «Va ish-larda ularga maslahat soling», deb
aytgan. Bundan tashqari ham dalillar juda ko‘pdir. Agar kishi mashvarat qilib, yaxshi bir
maslahatni qo‘lga kiritsa, endi ana shu maslahatda Allohga istixora qiladi. Ya’ni, farzdan
tashqari ikki rakat namoz o‘qib, istixora duosini aytadi. Biz bu namoz va duo haqidagi
ma’lumot-larni kitobning birinchi qismida o‘rgandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |