137-bob. Yulduz uchganda aytiladigan zikrlar
462/1. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Agar yulduz uchsa, unga qaramaslikka va:
«Ma sha`allohu la quvvata illa billah», deb aytishga buyurildik». (Ma’nosi: Alloh nimani
xohlasa, bo’ladi. Allohdan boshqada biror quvvat yo’q.) Ibn Sunniy rivoyatlari
138-bob. Yulduz va chaqmoqga qarab ishora qilmaslik xususida
Urva ibn Zubayr (r.a.) aytadilar: «Agar birortangiz chaqmoq yoki yomg’irni ko’rsa, unga
ishora qilmasin, balki uni sifatlasin». Imom Shofe’iy «Al-umm» kitoblarida rivoyat
qilganlar va: «Hali ham arablar ishora qilishni karih ko’rishadi», deganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |