135-bob. Yomg’ir so’raladigan namozdagi zikrlar
Qurg’oqchilik bo’lganida, xuzu’ bilan Allohga o’zini xor tutib, istig’for, zikr va duo qilishi
ko’paytiriladi. Ana shu paytda o’qiladigan duolardan biri ushbudir:
«Allohumma asqina g’oysan mug’iysan haniy’an mariy’an g’odaqan mujallilan sahhan
‘amman tobaqan daiman. Allohumma alazzirobi va manabitish shajari va butunil
avdiyah. Allohumma inna nastag’firuka innaka kunta g’offaro. Faarsilis samaa ‘alayna
midroro. Allohumma asqinal g’oysa va la taj’alna minal qonitiyn. Allohumma anbit
lanazzar’a va adirro lan azzar’a vasqina min barokatis samai vanbit lana min barokatil
arzi. Allohumma irfa’ annal jahda val juv’a val’urya. Vakshif ‘anna minal balai maa laa
yakshifuhu g’oyruka». (Ma’nosi: Ey Rabbim, bizni yoqimli, foydali, yaxshi, unumli,
qoplaydigan, shaldirab oquvchi, shomil, bir-biriga yopishgan yomg’ir bilan sug’or. Ey
Rabbim, bu yomg’irni chekka joylarga, daraxtzorlarga, vodiylarga yog’dir. Ey Rabbim,
Senga istig’for aytaman. Albatta, Sen kechiruvchi zotsan. Bizga osmondan ko’p
yog’uvchi yomg’irni yubor. Ey Rabbim, bizni yomg’ir ila sug’or va bizni noumidlardan
qilma. Ey Rabbim, bizga o’simliklarni o’stir, yomg’irni ko’p miqdorda yog’dir. Osmon
barakasidan bizni sug’or. Yer barakasidan o’simliklarimizni o’stir. Ey Rabbim, bizdan
qiyinchilik, ochlik, yalong’ochlikni ko’tar. Va bizdan baloni olib tashla, chunki Sendan
boshqa kishi olib tashlay olmaydi».
Agar qavmning orasida biror solih kishi bo’lsa, uni o’rtaga qo’yib, yomg’ir so’raladi. Ya’ni,
«Allohumma inna nastasqiy va natashaffa’u ilayka bi’abdika fulan», deyiladi. (Ma’nosi:
Ey Parvardigorim, falonchi bandangning haqqi Sendan yomg’ir so’raymiz.)
450/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot qurg’oqchilik bo’lsa, Abbos ibn
Abdulmuttalibni (r.a.) o’rtaga qo’yib: «Ey Rabbim, biz Sendan payg’ambarimiz
Muhammad sollallohu alayhi vsallamni o’rtaga qo’yib yomg’ir so’rardik, yomg’ir berar
eding. Endi biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakilarini o’rtaga qo’yib,
yomg’ir so’raymiz, bizga yomg’ir ber», deb iltijo qilar, Alloh yomg’ir yuborar edi. Imom
Buxoriy rivoyatlari
451/2. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasalam “Bavok” nomli joydan kelib:
«Allohumma asqina g’aysan mug’iysan, mariyyan sariy’an nofi’an g’oyra zorrin, ‘ajilan
g’oyra ojilin» (Bizga yoqimli, tez, foydali, zararsiz, kechikmaydigan yomg’irni yog’dirib, u
bilan bizni sug’or), deb aytganlarida, ularga osmondan yomg’ir yog’di. Abu Dovud
rivoyatlari
452/3. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam agar suv talab qilsalar:
«Allohumma isqi ‘ibodaka va bahoimaka vanshur rohmataka va ahyi baladakal mayyita»
(Ey Rabbim, bandalaring va hayvonlaringni suv ila sug’or, rahmatingni yoy va o’lik
shaharlaringni tiriltir), deb duo qilardilar. Abu Dovud rivoyatlari
453/4. Oishadan (r.a,) rivoyat qilinadi. Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
yomg’ir yog’mayotganidan shikoyat qilishganida, u zot namozgohga bir minbar qo’yishni
buyurdilar va u yerga chiqishga va’da berdilar. Quyosh ko’rina boshlaganida chiqib,
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |