427/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«O’lganlarni so’kmanglar, chunki amallari bilan boradigan joylariga borib bo’ldilar», deb
aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
428/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«O’liklaringning yaxshiliklarini zikr qilinglar, yomonliklarini aytishdan tiyilinglar», dedilar.
Abu Dovud va Termiziyzaif isnod ila rivoyat qilishgan.
Ammo yomonlik bilan dong taratgan kishilarning yomonligini zikr etish joiz, boshqalarga
ibrat bo’ladi. Alloh taoloning o’zi bizga Qur’onda yomonlarning yomonliklaridan xabar
bergan va uni tilovat qilishni hamda boshqalarga yetkazishni buyurgan. Hadisi
shariflarda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Luxay, Abu Rig’ol, Ibn