125-bob. Kishi o’limidan oldin janozasini o’qishga bir odamni tayinlashi va
maxsus sifat va maxsus o’ringa dafn etilishini vasiyat qilishi. Shuningdek,
kafanlash va boshqa ishlarda vasiyat qilish xususida.
421/1. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Abu Bakr (r.a.) kasallik paytlarida oldilariga
kirganimda mendan: «Rasulullohni nechta kafan bilan kafanlagan edinglar», deb
so’radilar. «Uchta bilan», deb javob qildim. So’ng: «Rasululloh qaysi kuni vafot
etganlar», dedilar. «Dushanba kuni», deb javob berdim. Yana: «Qaysi kuni», deb
so’radilar. «Dushanba kuni», dedim. Shunda u kishi: «Men kechasi o’lishni istayman»,
deb ko’ylaklariga qaradilar. Ko’ylakda kasalliklarida ishlatilgan za’faronning izi qolgan
edi. «Mana shu ko’ylagimni yuvib, unga yana ikkita ko’ylak qo’shib, o’sha uchtasi bilan
meni kafanlanglar», dedilar. Shunda men: «Bu eski-ku?» dedim. U zoti sharif:
«Yangisiga o’liklardan ko’ra tiriklar haqli, bu eski ko’ylagim esa, yiringni artish uchun»,
dedilar. So’ng bu zot seshanba kechasida vafot etdilar va tong otishidan oldin dafn
qilindilar». Imom Buxoriy rivoyatlari
422/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot jarohatlanganlarida: «Vafot
etsam, meni Oishaning oldiga ko’tarib boringlar. Salom berib, Umar izn so’rayapti,
denglar. Agar izn bersa, meni u yerga kirgizinglar (dafn qilinglar). Agar rad etsa, meni
musulmonlar qabristoniga olib borib ko’minglar», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
423/3. Omir ibn Sa’d ibn Abu Vaqqosdan rivoyat qilinadi. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.):
«Menga qabrni lahad qilib qazinglar va xuddi Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam
qabrlariga qo’yganingizdek, mening qabrimga ham g’isht qo’yinglar», dedilar. Imom
Muslim rivoyatlari
424/4. Amr ibn Os (r.a.) o’lim to’shagida yotganlarida: «Agar vafot etsam, voy-dod solib
yig’laydiganlarni va o’t yoquvchilarni ortimdan ergashtirmanglar. Agar dafn qilsanglar,
tuproqni oz-ozdan tashlanglar. So’ng qabrim tepasida bir hayvon so’yib, go’shtini
taqsimlaguncha vaqt turinglar. Men sizlarga hamroh bo’lib, Rabbim elchisiga nima deb
javob berishimga tayyorlanib olayin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Mayyit vasiyat qilgan hamma narsa ham bajarilavermaydi. Balki uning vasiyatlari ilm
ahllariga yetkaziladi. Agar ruxsat berishsa, amal qilinadi. Ruxsat berishmasa, u vasiyatni
bajarilmaydi. Masalan: «Meni tobut bilan dafn etinglar, desa, u vasiyatiga amal
qilinmaydi. Faqat ehtiyoj tufayli amal qilinishi mumkin. Yana qabrining boshqa yerga
ko’chirishlarini vasiyat qilsa, unga ham amal qilinmaydi. Faqat Makka, Madina yoki
Baytul Maqdis kabi muborak yerlarga ko’chirilishi joiz. Shuningdek, dafn etilayotganida
boshining tagiga yostiq va shunga o’xshash narsalar qo’yishni, ipak bilan kafanlashni,
shariatda belgilanganidan oshiqcha kafan qilishni, badanini yopishga yetmaydigan kiyim
bilan kafanlashni, janozasini ancha kechiktirishni, ziyorat qilishlari uchun qabriga
maqbara qurishni va shunga o’xshash shariatda joiz ko’rilmagan ishlarni vasiyat qilsa,
ularning birortasi bajarilmaydi. Ammo qabri yonida Qur’on tilovat qilinishini, sadaqa
berilishini va shu kabi Allohga qurbat-yaqinlik hosil qiladigan ishlarni yoki shahridagi
ulug’lar yotadigan qabristonga ko’mishni vasiyat qilsa, u vasiyatlari ado etiladi.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |