91-bob. Qarzini to’lashga qurbi yetmaganida aytiladigan duo
330/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir qul ozod bo’lish uchun shartlashilgan bahodagi
mablag’ni topolmay, Hazrati Alidan (r.a.) yordam so’radi. Shunda u zot: «Senga
Rasululloh o’rgatgan kalimalarni o’rgataymi? Agar
«Allohumma akfiniy bihalalika ‘an haromika va ag’niniy bifazlika ‘amman sivaka» duosini
o’qib yursang, qarzing tog’ning bir taraficha bo’lsa ham, xalos bo’lasan», dedilar.
(Ma’nosi: Ey Rabbim, harom (aralashtirmay) haloling bilan menga kifoya et. Fazling ila
o’zingdan boshqalardan behojat qil.) Imom Termiziy rivoyatlari