www.ziyouz.com kutubxonasi
67
246/30. Ali (r.a.): «Aqlli kishining Baqara surasining oxirgi uch oyatini o’qimay
uxlaganini ko’rmadim», deb aytar edilar. Abu Bakr ibn Abu Dovud sahih isnod ila rivoyat
qilganlar.
247/31. Yana Ali (r.a.) aytadilar: «Islomga kirgan aqlli kishilarning Oyatul kursiyni
o’qimasdan oldin uxlaganini ko’rmadim». Bu rivoyatni ham Abu Bakr ibn Abu Dovud naql
qilganlar.
248/32. Ibrohim Naxaiy aytadilar: «Agar to’shaklariga yotadigan bo’lsalar, ikkita «Qul
a’uzu»ni o’qishni o’rgatar edilar».
Boshqa rivoyatda: «Har kecha uch martadan «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil
falaq», «Qul a’uzu birobbin nas»ni o’qish mustahab amal», deb sanardilar, deyiladi.
Muslimning shartlariga binoan sahih.
Do'stlaringiz bilan baham: |