www.ziyouz.com kutubxonasi
66
yomonligiyu shirkidan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziylar
rivoyati
239/23. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Musulmon kishi to’shagiga yotaturib, Allohning kitobidan biror surani o’qisa,
Alloh taolo unga bir farishtani vakil qilib qo’yadi. Farishta unga zarar beradigan narsani
yaqinlashtirmaydi, qachon biror narsadan ogoh bo’lsa ogohlantiradi», dedilar. Termiziy
va Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
240/24. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi
to’shagiga yotadigan bo’lsa, farishta va shayton musobaqalashadi. Farishta: «Ey
Rabbim, yaxshilik bitgin», deydi. Shayton: «Yomonlik bitgin», deydi. Agar kishi Allohni
zikr qilsa, so’ng uxlasa, farishta uni muhofaza qilgan holda tong ottiradi», dedilar. Ibn
Sunniy rivoyatlari
241/25. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom
uyquga yonboshlasalar:
«Allohumma bismika robbiy vazo’tu jambiy fag’firliy zanbiy», deb aytardilar. (Ma’nosi:
Allohim, Sening isming bilan yonboshimni qo’ydim. Mening gunohlarimni kechir.) Ibn
Sunniy rivoyatlari
242/26. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim to’shagiga pok holatda yotsa, to esnab uyqusi kelgunicha Allohni zikr qilsa va shu
kechada Allohdan oxirat va dunyo yaxshiliklarini so’rasa, Alloh taolo unga yaxshilikni
beradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
243/27. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhissalom agar
to’shaklariga yotmoqchi bo’lsalar:
«Allohumma amti’niy bisam’iy va basoriy vaj’alhumal varisa minniy, vansurniy ‘ala
‘aduvviy va ariniy minhu sa`riy. Allohumma inniy a’uzu bika min g’olabatid dayni va
minal ju’i fainnahu bi`saz zoji’», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, qulog’im va ko’zimni
foydalanishim uchun qoldirib, ularni menga merosxo’r qil (ya’ni, o’lgunimcha, salomat
qil) va dushmanlarimga qarshi menga yordam ber va o’ch olishni menga ko’rsat. Ey
Rabbim, menga qarz g’olib kelishi va ochlikdan Sening noming ila panoh tilayman.
Chunki ochlik yomon yotib qoladigan hamrohdir.) Ibn Sunniy rivoyatlari
244/28. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uxlaydigan
bo’lsalar, qo’rqoqlikdan, dangasalikdan, malol ko’rishdan, baxillikdan, kibrdan, ahli va
molidagi yomon ko’rinishdan, qabr azobidan, shayton va uning shirkidan panoh tilar
edilar. Shu amallarini vafot etgunlaricha davom ettirdilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
245/29. Oisha onamizning (r.a.) o’zlari ham uxlamoqchi bo’lsalar:
«Allohumma inniy as`aluka ru`ya solihatan, sodiqatan g’oyro kazibah, nafi’atan g’oyro
zorroh», deb aytar edilar va so’ng hech bir so’z gapirmas edilar. (Ma’nosi: Allohim,
Sendan solih, yolg’on bo’lmagan, rostgo’y, zararli bo’lmagan, foydali tushni so’rayman.)
Ibn Sunniy rivoyatlari
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |