Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob. Kishi o’limidan oldin janozasini o’qishga bir odamni tayinlashi va



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/464
Sana26.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#186030
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   464
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

125-bob. Kishi o’limidan oldin janozasini o’qishga bir odamni tayinlashi va 
maxsus sifat va maxsus o’ringa dafn etilishini vasiyat qilishi. Shuningdek, 
kafanlash va boshqa ishlarda vasiyat qilish xususida. 
 
421/1. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Abu Bakr (r.a.) kasallik paytlarida oldilariga 
kirganimda mendan: «Rasulullohni nechta kafan bilan kafanlagan edinglar», deb 
so’radilar. «Uchta bilan», deb javob qildim. So’ng: «Rasululloh qaysi kuni vafot 
etganlar», dedilar. «Dushanba kuni», deb javob berdim. Yana: «Qaysi kuni», deb 
so’radilar. «Dushanba kuni», dedim. Shunda u kishi: «Men kechasi o’lishni istayman», 
deb ko’ylaklariga qaradilar. Ko’ylakda kasalliklarida ishlatilgan za’faronning izi qolgan 
edi. «Mana shu ko’ylagimni yuvib, unga yana ikkita ko’ylak qo’shib, o’sha uchtasi bilan 
meni kafanlanglar», dedilar. Shunda men: «Bu eski-ku?» dedim. U zoti sharif: 
«Yangisiga o’liklardan ko’ra tiriklar haqli, bu eski ko’ylagim esa, yiringni artish uchun», 
dedilar. So’ng bu zot seshanba kechasida vafot etdilar va tong otishidan oldin dafn 
qilindilar». Imom Buxoriy rivoyatlari 
 
422/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot jarohatlanganlarida: «Vafot 
etsam, meni Oishaning oldiga ko’tarib boringlar. Salom berib, Umar izn so’rayapti, 
denglar. Agar izn bersa, meni u yerga kirgizinglar (dafn qilinglar). Agar rad etsa, meni 
musulmonlar qabristoniga olib borib ko’minglar», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 
 
423/3. Omir ibn Sa’d ibn Abu Vaqqosdan rivoyat qilinadi. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): 
«Menga qabrni lahad qilib qazinglar va xuddi Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam 
qabrlariga qo’yganingizdek, mening qabrimga ham g’isht qo’yinglar», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari 
 
424/4. Amr ibn Os (r.a.) o’lim to’shagida yotganlarida: «Agar vafot etsam, voy-dod solib 
yig’laydiganlarni va o’t yoquvchilarni ortimdan ergashtirmanglar. Agar dafn qilsanglar, 
tuproqni oz-ozdan tashlanglar. So’ng qabrim tepasida bir hayvon so’yib, go’shtini 
taqsimlaguncha vaqt turinglar. Men sizlarga hamroh bo’lib, Rabbim elchisiga nima deb 
javob berishimga tayyorlanib olayin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari 
 
Mayyit vasiyat qilgan hamma narsa ham bajarilavermaydi. Balki uning vasiyatlari ilm 
ahllariga yetkaziladi. Agar ruxsat berishsa, amal qilinadi. Ruxsat berishmasa, u vasiyatni 
bajarilmaydi. Masalan: «Meni tobut bilan dafn etinglar, desa, u vasiyatiga amal 
qilinmaydi. Faqat ehtiyoj tufayli amal qilinishi mumkin. Yana qabrining boshqa yerga 
ko’chirishlarini vasiyat qilsa, unga ham amal qilinmaydi. Faqat Makka, Madina yoki 
Baytul Maqdis kabi muborak yerlarga ko’chirilishi joiz. Shuningdek, dafn etilayotganida 
boshining tagiga yostiq va shunga o’xshash narsalar qo’yishni, ipak bilan kafanlashni, 
shariatda belgilanganidan oshiqcha kafan qilishni, badanini yopishga yetmaydigan kiyim 
bilan kafanlashni, janozasini ancha kechiktirishni, ziyorat qilishlari uchun qabriga 
maqbara qurishni va shunga o’xshash shariatda joiz ko’rilmagan ishlarni vasiyat qilsa, 
ularning birortasi bajarilmaydi. Ammo qabri yonida Qur’on tilovat qilinishini, sadaqa 
berilishini va shu kabi Allohga qurbat-yaqinlik hosil qiladigan ishlarni yoki shahridagi 
ulug’lar yotadigan qabristonga ko’mishni vasiyat qilsa, u vasiyatlari ado etiladi. 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish