64-bob. Uyquda qo’rqqanda aytiladigan duo
259/1. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam uyqusida qo’rqqanlarga:
«A’uzu bikalimatillahit tammah min g’ozobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish
shayatiyni va an yahzuruni», deb aytishni o’rgatganlar. (Ma’nosi: Allohning mukammal
kalimalari bilan Uning g’azabidan, bandalarining yomonligidan, shayton hozir bo’lib,
vasvasa qilishidan panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy va Ibn Sunniylar rivoyatlari
Abdulloh ibn Amr shu duoni aqli kirgan bolalariga o’rgatar edi. Agar aqli kirmagan bo’lsa,
uni yozib bo’yniga osib qo’yardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |