75-bob. Duoni Allohga hamd aytish va Rasulullohga salovot aytish bilan
boshlash
301/1. Fazola ibn Ubayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
bir kishi Allohni ulug’lamasdan va Rasulullohga salovot aytmasdan duo qilayotganini
eshitib: «Bu kishi duo qilishda shoshildi», dedilar. So’ng yana aytdilar: «Sizlardan
birortangiz duo qilsa, Allohga sano aytib, Uni ulug’lab va Rasulullohga salovot yo’llab,
keyin xohlaganicha duo qilaversin». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari
302/2. Umar ibn Xattob (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot
aytilmagan duo ko’tarilmasdan, yer bilan osmon orasida to’xtab turadi», deganlar. Imom
Termiziy rivoyatlari
Ulamolar, duoni Allohga hamdu sano, Rasulullohga salovot aytish bilan boshlash va
tugatish mahbub amaldir, deb aytishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |