74-bob. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishning sifati
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qanday salovot aytilishi haqida «Namoz zikrlari»
kitobida aytib o’tdik. Ammo Ibn Abu Zayd Molikiy va u kabilar ana shu salovotga
«Varham Muhammadan va ola Muhammad» (Muhammadga va u zotning oilalariga rahm
qil), kabi asli yo’q, bid’at so’zlarni kiritishgan. Imom Abu Bakr Arabiy «Termiziyga
sharh» nomli kitoblarida Ibn Abu Zayd aytgan gap xatoligini va unga amal qilish johillik
ekanini zikr etganlar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam salovot qanday
aytilishini sahih hadislarida ko’rsatib qo’yganlar. Endi bunga ziyoda qilish Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamni kamchilikda ayblash bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |