104-bob. Qul xo’jasining molini saqlovchidir
206. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.):
"Hammalaringiz o’z qaramog’ingizdagilarni muhofaza qiluvchilarsizlar va qiyomat kuni
o’shalar uchun javobgardirsizlar. Masalan, odamlarga posbon bo’lgan amir fuqarolari
uchun, har bir kishi o’z xonadoni uchun, qul esa o’z xo’jasining moli uchun javobgardir:
ogoh bo’lingizlar, hammangiz muhofazakor va muhofaza lozim bo’lgan narsalarning
barchasi uchun javobgardirsizlar", deganlar".
207. Abu Hurayra (r.a.): "Qaysi bir qul o’z xo’jasiga itoat qilsa, u albatta Alloh paologa
itoat qilgan bo’ladi. Unga osiy bo’lsa, Alloh azza va jallaga ham osiy bo’lgan bo’ladi",
dedilar.
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
36
Do'stlaringiz bilan baham: |